Ona tili o‘qitish metodiкasi


Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

1. Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat 
yaratish. 
Til hodisalarini kuzatish tahlilning samarali shakli sanaladi. 
Bu usul yordamida muammoli vaziyat yaratish uchun o‘quvchilardagi 
mavjud bilimlarga asoslanib, noma’lum muammoni aniqlashni 
ularning o‘zlariga topshirish mumkin. Masalan, «Nutq tovushlari va 
ularning hosil bo‘lishi» mavzusini o‘tishda tahlil uchun quyidagi 
topshiriqlar o‘quvchilar hukmiga havola etiladi va muammoli vaziyat 
yaratiladi: 
Har biringiz nutq tovushlarini hosil qilib ko‘ring. 
Nutq tovushlarini hosil qilishda faol ishtirok etgan nutq uzvlarini 
sanang. Nega ular faol nutq tovushlari ekanligini isbotlang. 
2. Til hodisalarini qarama-qarshi qo‘yish va taqqoslash 
asosida muammoli vaziyat yaratish. 
Taqqoslash, ayniqsa, til 
ta’limida muhim o‘rin egallaydi. Bu usul orqali til hodisalaridagi
o‘xshash va farqli tomonlar aniqlanadi. 
Mazkur usul bilan muammoli vaziyat yaratishni «
К
o‘chirma gap» 
mavzusini o‘rganish misolida ko‘rib o‘taylik. O‘quvchilarga berilgan 
quyidagi gap juftlarini o‘qib, ularni qiyoslash va farqlarini aniqlash 
topshiriladi: 
1. «Jurjon podshosi bo‘laman»,–dedi yigit. Yigit Jurjon podshosi 
ekanligini aytdi (Ertakdan). 
Arslon podsho buyurdi: «Chaqimchini tutib o‘ldiring». Arslon 
podsho chaqimchini tutib o‘ldirishni buyurdi (Ertakdan). 
«Toshkentga,–dedi Mirtemir,–11 yoshimda kelganman». Mirte-
mir Toshkentga 11 yoshida kelganligini aytdi. 
Gaplar qiyoslangach, «Siz qanday gaplarni ko‘chirma gap deb 
tushunasiz?» degan muammoli savol o‘rtaga tashlanadi. 
Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat 
yaratish. 
Umumlashtirish aqliy faoliyatning eng murakkab usuli 
bo‘lib, u ona tilini induktiv yo‘l bilan o‘qitishga asoslanadi. Induktiv 
yo‘l esa til hodisalarini kuzatish, tahlil qilish, guruhlash kabilar 
asosida umumlashmalar hosil qilish demakdir. O‘quvchi berilgan so‘z, 
so‘z birikmasi, gap va matnlarni kuzatib tahlil qilgach, muammoni 
yechishga tayyor bo‘ladi. Masalan, 5-sinfda «Undalma» mavzusi 


77
o‘rganilar ekan, o‘quvchilar zimmasiga ega bilan undalmaning farqini 
aniqlash va undalmaga mustaqil ravishda ta’rif berish vazifasi 
yuklatiladi. Odatda, birinchi muammo hal qilingach, ikkinchi va 
uchinchi muammoni hal qilishga o‘tiladi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin