90
Aks holda, darsga ajratilgan vaqtning zoye
ketishiga olib keladi va
o‘quvchini ko‘zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.
Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilish sifati,
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtalik darajasini
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘qituvchilar ish amaliyotida ba’zan
uy vazifasini tekshirish o‘tgan darsni va oldin o‘rganilgan til
materiallarini takrorlashga aylanib qoladi.
Darsning bu bosqichida
tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o‘rganilishi ko‘zda
tutilgan o‘quv materialiga zamin hozirlashi lozim.
Agar uy vazifasi o‘rganiladigan
til hodisasi bilan bevosita
aloqador bo‘lsa, u yangi o‘quv materialini o‘rganish jarayonida ham
tekshirilishi mumkin.
Darsning yangi bilim berish shakli o‘rganilayotgan mavzuga
aloqador
bilimlarni xotirada tiklashni, ularni qisman ma’lum yoki
tamoman noma’lum sharoitlarda qo‘llab, yangi bilimlarni egallashni
talab etadi.
Darsning mustahkamlash shakli shu dars mashg‘ulotida
egallangan bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirishni taqozo
etadi. Ba’zan mustahkamlash oldin o‘rganilganlarni
takrorlash bilan
qo‘shilishi ham mumkin. Agar yangi mavzu oldin o‘rganilgan
mavzular bilan bevosita aloqador bo‘lsa, bu ikki dars shakli bir
yaxlitlik hosil qiladi.
Darsning yangi bilim berish jarayonida ham,
mustahkamlash va
takrorlash jarayonlarida ham ijodiy-amaliy ishlariga keng o‘rin
ajratiladi.
Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli
ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
Xotirlash
oldin o‘rganilgan til hodisalarini qayta xotirlashga
asoslangan amaliy ishlardir. Xotirlashning: 1)
tayyorlovchi xotirlash
va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.
Dostları ilə paylaş: