Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

1. Tayyorlovchi xotirlash. 
Til yaxlit bir tizim bo‘lib, uning 
barcha sathlari bir - biri bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun ham 
tilning har bir sath birligi serqirra, ko‘p vazifali, ko‘p ma’noli. Bu 
birlikning bir tomoni ma’lum bir bo‘limda o‘rganilsa, uning ikkinchi 


91
qirrasi, xususiyati tamoman boshqa bir bo‘limda o‘rganiladi. 
Chunonchi, bog‘lovchilar, ularning ma’nolari va guruhlari 
morfologiya bobida o‘rganilsa, so‘zlarni va gaplarni bir - biriga 
bog‘lanishi sintaksis bobida ko‘rib chiqiladi. Demak, sintaksisni 
o‘rganishda, bog‘lovchilar haqida egallangan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni o‘quvchi xotirasida tiklash ehtiyoji tug‘iladi. 
Tayyorlovchi xotirlash yangi bilimlarni egallash uchun asos vazifasini 
o‘taydi. 
2. Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash). 
Til sathlari o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan yaxlit tizim bo‘lsa ham, bu zanjirning har bir bo‘g‘ini 
nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo‘g‘ini alohida - 
alohida mavzular sifatida o‘rganiladi. Chunonchi, bog‘lovchilarning 
o‘zi 5-6 mashg‘ulotga bo‘linib, turlarga ajratilib o‘rganiladi va 
mashg‘ulotlarning oxirida umumlashtiruvchi xotirlash ishlari 
bajarilishi lozim. Umumlashtiruvchi xotirlash ishlari tilning uzluksiz 
tizimidagi ma’lum bir tizimchalar haqida yaxlit, to‘liq ma’lumot hosil 
qilish uchun zarurdir va yakunlovchi sinov ishlari (yozma ish, yakuniy 
baho chiqarish, imtihon va h.k.) bajarilishi shart. 
Yangi bilim hosil qilish. 
Amaliy ishning bu turi tahliliy 
(induktiv) ta’lim usulining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilar 
bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil 
etadilar, ko‘rsatilgan yo‘llar asosida bu hodisalarni (mustaqil yoki 
o‘qituvchi yordamida) guruhlarga ajratadilar, saralaydilar va 
xususiylikdan umumiylikni topishga kirishadilar. Bunday amaliy 
ishlar yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir. 
Tatbiq. 
Tatbiqiy amaliy ishlar o‘quvchilarni mashg‘ulotda olgan 
bilimlarini amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va 
rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan ikki turli 
bo‘ladi: 
1) qisman ijodiy mashqlar; 
2) ijodiy mashqlar. 
Qisman ijodiy mashqlar o‘rganilgan til hodisalarini qisman yangi 
sharoitda tadbiq etishni talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy 
ishlarning tarkibida ma’lum darajada izlanish, ijodiy faoliyat 


92
ko‘rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko‘rsatmalar, 
o‘qituvchi beradigan tavsiyalar yoki uning rahbarligida o‘quvchilar 
bilan uyushtiriladigan o‘zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy qilib 
qo‘yadi. 
Ijodiy mashqlar esa o‘rganilgan til hodisalarini tamomila yangi 
sharoitda ijodiy qo‘llashni talab etadigan amaliy ishlardir. Mashq
shartidagi noma’lumni izlab topish o‘quvchidan ijodiy izlanishni 
talab etadi. Yangi o‘rganiladigan til hodisalarini mustaqil ravishda 
guruhlarga ajratish, berilgan matnning til xususiyatlarini tahlil qilish 
orqali ma’lum bir yangi xulosaga kelish, o‘qilgan badiiy asarga yoki 
kinofilmga taqriz yozish, uslub talabidan kelib chiqib matn yaratish 
kabi ishlar amaliy ishlarning bu turiga kiradi. Ayniqsa, matn yaratash 
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning so‘nggi natijasidir. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin