Ona tili o‘qitish metodiкasi


Xatolar ustida ishlash darslari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Xatolar ustida ishlash darslari
o‘quvchilar nutqida yo‘l 
qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishni ko‘zlaydi. 
Ona tili mashg‘ulotlarida nafaqat xatoning oldi olinadi, balki yo‘l 
qo‘yilgan xato va kamchiliklar bartaraf ham etiladi. O‘qituvchilarning 
amaliyotida xatoni tuzatishning ikki usulidan foydalaniladi: 


96
1) xatoni tuzatib ko‘rsatish; 
2) xato haqida xabar berish. 
Xatoni tuzatib ko‘rsatish usulidan, asosan, nazorat xarakteridagi 
yozma ishlarni tekshirishda foydalaniladi. Xato haqida xabar berish 
usuli eng samarali usullardan biri bo‘lib, u ko‘proq ta’limiy 
xarakterdagi yozma ishlarni tekshirishda qo‘llaniladi. 
Omilkor o‘qituvchilar ish amaliyotida xato haqida xabar 
berishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
1. «4», «5» bahoga o‘qiydigan o‘quvchilarning yozma ishlarini 
tekshirishda xato tuzatilmay, balki hoshiyasida shu qatordagi xatoning 
soni ko‘rsatiladi. Bunda imlo xatolarni shartli ravishda I harfi bilan
tinish belgilarga oid xatolarni P harfi bilan, uslubiy xatolarni to‘lqinli 
chiziq bilan belgilash mumkin. Masalan, daftar hoshiyasida I~1 
belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, demak, shu qatorda bitta imloviy xato 
mavjud. O‘qituvchi shu qatorda joylashgan 4–5 so‘zdan qaysi birida 
xato qilganligini o‘zi aniqlaydi va tuzatadi. 
2. «3» baho bilan o‘qiydigan o‘quvchilarning yozma ishlaridagi 
xatolar haqida xabar berish maqsadida xatoli so‘zning ostiga chizish, 
lekin xatoni tuzatib ko‘rsatmaslik usulidan foydalaniladi. Bu holda 
o‘quvchi yo‘l qo‘yilgan xatoni barcha so‘zlardan emas, balki ostiga 
chizilgan so‘zdan izlaydi. 
3. Bo‘sh o‘zlashtiradigan yoki o‘z xatosini aniqlashda 
qiynaladigan o‘quvchilarning yo‘l qo‘ygan xatolarini xatoli bo‘g‘in 
ostiga chizish bilan belgilash maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi 
belgilangan bo‘g‘indan o‘z xatosini qidiradi. 
O‘quvchilarning og‘zaki javoblaridagi nutqiy xatolarni bartaraf 
etish yozma ishlardagi xatolarni bartaraf etishga qaraganda ancha 
murakkab. Chunki yozma ishlardagi xatoni ko‘rish oson, nutqdagi 
xatoni esa payqash qiyin. 
Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish, so‘z urg‘usini noto‘g‘ri 
qo‘llash, gap urg‘usiga rioya qilmaslik, gap ohangini buzish kabilar 
nutqiy xatolar bo‘lib, uni bartaraf etish o‘quvchi javobini diqqat bilan 
tinglashni, og‘zaki nutq namunalarini birgalikda tahlil etishni talab 
etadi. 


97
Nutqiy xatolar ustida ishlashning eng samarali yo‘li uni magnit 
lentasiga yozib olib, keyin o‘quvchilar bilan birgalikda muhokama 
qilishdir. Xatoni bartaraf etishda o‘quvchining ishtiroki qancha 
ko‘paysa, uni bartaraf etish imkoniyati osonlashadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin