Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 Bayon tartibi. 
O‘quvchilarga bayon yozishni o‘rgatishda 
o‘qituvchidan uni muntazam sur’atda o‘tkazib borish va bu sohada 
ma’lum bir tartibga amal qilish, ya’ni matnni o‘quvchilarning yosh 
xususiyati va bilim saviyasiga mos bo‘lishiga e’tibor berib, soddadan 
murakkabga, erkin, to‘liq bayon etishdan matnga yaqinlashtirib bayon 
yozishga, matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib bayon 
yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan 
insho yozishga o‘tiladi. 
 
Bayonda so‘zlar hajmi. 
Uzoq yillik pedagogik tajriba shuni 
ko‘rsatmoqdaki, bayondagi so‘zlar hajmi aniq ko‘rsatilmaydi. Sababi, 
bayon o‘tkazishda so‘zlar hajmini aniq ko‘rsatish o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning erkin harakatiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Shu sababli
bunday ma’lum chegara qo‘yish maqsadga muvofiq emas, deb 
o‘ylaymiz. Chunki bayon diktant emas, balki uslub va fikrlashni 
o‘stirishga qaratilgan o‘ziga xos yozma ishdir. Shuningdek, joylarda 
mahalliy sharoitni, o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, sinfdagi 
o‘quvchilarning yoshi, yozma nutqi, saviyasi va ayniqsa, vaqt hamda 
yozib ulgura olish iqtidoriga qarab mazkur sinfda matnni 
o‘qituvchining o‘zi erkin tanlash huquqiga ega ekanligi e’tiborga 
olinadi.
 
A. R. Sayfullayevning «O‘zbek maktablarining V–IX sinflarida 
ta’limiy bayon» nomli metodik qo‘llanmasida ta’limiy bayonga doir 
nazariy va metodik adabiyotlar tahlili, ta’limiy bayon va uning 
ahamiyati, bayon o‘tkazishga oid asarlar tahlili, bayon o‘tkazish 
usullari, to‘liq bayon, qisqa bayon, saylanma bayon, ijodiy bayon 
ustida ishlash yo‘llari aniq qilib ko‘rsatib berilgan. 
Insho
matnning oliy ko‘rinishi bo‘lib, o‘quvchining ijodiy 
fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va 
yozma shaklda bayon qila olish darajasini belgilovchi asosiy mustaqil 
ish turidir. 
Nazorat insholari yil davomida 4–5 marta o‘tkaziladi. Bu insholar 
avval qoralamada bajariladi va tahrir qilingach, oqqa ko‘chiriladi. 


108
(Insho haqida to‘liq ma’lumot darslikning to‘rtinchi bo‘limida 
beriladi.) 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin