Ona tili o‘qitish metodiкasi


Partadoshingiz bilan yoki guruhlararo sifatlarni o‘z va



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari


Partadoshingiz bilan yoki guruhlararo sifatlarni o‘z va 
ko‘chma ma’noda qo‘llash bo‘yicha bellashing. 
Namuna: 
achchiq sho‘rva

achchiq gap; bemaza qovun

bemaza 
ish; nordon mastava

nordon piching; qizil ko‘ylak

qizil yuz.
3-topshiriq. 
«Ot+rang» qolipli beshta qo‘shma sifat hosil qiling. 
Namuna: 
havorang, feruzarang.
4-topshiriq. 
«
К
amalak» mavzusida tasviriy matn yarating 
(O‘qituvchi o‘quvchilar tasavvurida kamalakni hosil qildiradi yoki 
uning rasmini ko‘rsatadi). 


116
Darsning oxirida har bir o‘quvchining sayohatda to‘plagan ballari 
e’lon qilinadi va to‘plangan ballarga qarab o‘rinlar belgilanadi. 
Ona
tilidan konferensiya darsi. 
Ona tilidan konferensiya darsi 
ko‘proq 7–9 - sinflarda o‘tkaziladi. Darsning bu shakli ma’lum bir til 
sathi yoki katta mavzu o‘rganilgandan keyin uyushtiriladi va 
yakunlovchi dars vazifasini o‘taydi. 
К
onferensiya darsini bitta sinf doirasida yoki ikkita parallel sinf 
bilan birgalikda o‘tkazish mumkin. Bu darsda o‘quvchilarning ona 
tilidan tayyorlab kelgan kichik ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, ular 
birgalikda muhokama qilinadi. 
К
onferensiya darsiga tayyorgarlik kamida bir oy oldin boshlanadi. 
O‘qituvchi ma’ruza mavzularini belgilaydi; ularni o‘quvchilarga 
topshiradi; zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi va vaqti-vaqti bilan unga 
tayyorgarlikning borishini nazorat qilib turadi. O‘quvchi esa avval 
adabiyotlar bilan puxta tanishib chiqadi; ma’ruza rejasini belgilaydi; 
har bir masala yuzasidan material yig‘adi va uni yozadi. 
O‘quvchilar ilmiy ma’ruza uchun material yig‘ish tartibini 
bilishlari kerak. Avval tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq til hodisasi 
puxta va asosli o‘rganiladi, o‘qituvchi bilan material yig‘ish yuzasidan 
suhbat o‘tkaziladi, tahlil qilinayotgan badiiy asar o‘qib chiqiladi, 
misollar alohida-alohida yozib boriladi va nihoyat, ular saralanib, 
matnni yozishga kirishiladi. 
К
onferensiya darsining murakkab tomonlaridan biri barcha 
o‘quvchilarning faolligini ta’minlashdir. 
К
o‘p hollarda ma’ruzachi 
faol bo‘lib, qolgan o‘quvchilar shunchaki tinglovchiga aylanib qolishi 
mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni muzokara 
ishtirokchisiga aylantirishi, ularning o‘z fikr-mulohazasi bilan ishtirok 
etishini ta’minlashi zarur. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin