Ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#121462
1   2   3   4
sevara

Sevinaman, hali yoshman, ko`p yashayman
Bu o`lkaning saodati – baxti uchun.
Yana o`qib, yana kulib ko`p yashayman
Shu ko`plarning biri bo`lib o`lkam uchun.
Ha! Mamlakat shunday va’da beray senga:
Butun umrim sening porloq hayotingga!
Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalanishlarida muhim o`rin tutadi.
Zafar Diyorning o`ttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg`ularini aks ettiruvchi asarlarining ko`pligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta rol o`ynab kelmoqda.
Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabati mavzuidir. “Binafsha”, “Navbahor”, “Qushlar haqida qo`shiq”, “Kapalak” singari she’rlari shular jumlasiga kiradi.
Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi, yoshlarni mehnatdan zavqlanishga o`rgatadi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uyg`ota oladigan quvnoq vazn, o`ynoqi misralar yaratadi. Shoir shu maqsadda so`zlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa Mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi:
Hoy qushlar, qushlar, qushlar,
Qanot qoqib kelinglar, sa’va,
Mayna, bulbullar
Sizga termular ko`zlar...
Bizga ortiq yoqadi
Quvnoq qo`shiq –kuyingiz!
(“Qushlar haqida qo`shiq”).
Shoir bolalarning tabiat hodisalariga, hasharotu jonivorlarga, ayniqsa, kapalakka qiziqishini, mehr-muhabbatini kichkintoylarga xos so`z va ohangda ifodalab, hayotga diqqat-e’tiborlarini oshiradi, kuchli zavq uyg`otadi, kapalak obrazi orqali kitobxonda insoniy tuyg`ularni shakllantirishga harakat qiladi:
Uch, ucha ber, ucha ber,
Go`zal bog’cham – gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Sevgim, fikrim ham sanda.
Kapalakjon, kapalak,
Do`st bo`laylik ikkimiz,
To`xta, so`zlayinandek!
(“Kapalak”)
Zafar Diyorning “Binafsha” she’rini yoddan bilmagan o`quvchi bo`lmasa kerak. She’r o`zining ravon o`qilishi, qofiyalarining jarangdorligi bilan o`quvchini o`ziga tortadi:
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli;
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Shoirning “Mamlakat”, “Kazbek», “Tilsiz o`rtoq”, “Madriddan kelgan mehmon” kabi she’r va dostonlari Zafar Diyor ijodining har tomonlama yuksalishidan dalolat beruvchi liro-epik asarlardir.
Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan bo`lsak, uning “Kel, uchaylik shimolga” she’ri g’oyat xarakterlidir. Bunda shoir “Quyosh tushmaydigan” qutbni borib ko`rishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murg’ak xayoti shimoliy qutbni borib ko`rishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulug` maqsadlarga erishish uchun fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi. Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga - qahramonlikka havas uyg`otadi:
Yosh bo`lsam ham mayliga
Qanot bog’lab uchayin;
Muz sahrosi – Qutbning
Sirin men ham ochayin.
Hoy, suyukli modelcham,
Tayyormisan safarga?
Fikrim senda hamisha,
Kel, uchaylik Shimolga!
Shoir dovyurak uchuvchilarning tarixda birinchi bo`lib qutb yo`lini ochganligi bilan bolalarni tanishtirib, ularni chkalovlar kabi mard uchuvchi bo`lishga undaydi.
Shu narsa xarakterliki, she’rda Zafar Diyor bolalarning yangilikka intilishi va qiziqishini qizg’in qo`llab-quvvatlaydi, ulardagi oliy his-tuyg`ularni o`stirishga, vatanparvarlik hislarini tarkib toptirishga yordam beradi. Shoir bunday yuksak tuyg`ularni badiiy sodda, ta’sirchan va mazmundor misralar bilan ifodalaydi:

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin