Ona tili va bolalar adabiyoti


Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi



Yüklə 5,67 Mb.
səhifə23/45
tarix27.06.2018
ölçüsü5,67 Mb.
#55019
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45

Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi



Dars bosqichlari va vaqti


O'qituvchi

Talaba

1-boqich


Kirish

(5 daqiqa)





1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (Frazeologiya. Frazeologik birikmalar, ularning turlari..) maqsadi, rejasini e'lon qiladi.

1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.

2-bosqich

Asosiy bosqich

(70 daqiqa)



1. Mavzu Frazeologiya.. (1-ilova)

2. Frazeologik birikmalar,.(2-ilova)


3. Frazeologik birikmalar ularning turlari..(3-ilova)



1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi,
3. Eshitadi, yozadi, javob beradi,


4-bosqich

Yakuniy bosqich

(5 daqiqa)





1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.

2. Adabiyotlar ro`yhatini (4-ilova)beradi




1.Eshitadi, yozadi,

2. Eshitadi yozib oladi.




1-ilova
Nutqda ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog‘lanishidan tuzilgan birikmalar qo‘llaniladi.

Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo‘ladi. Ular bir-biridan o‘ziga xos belgilari bilan farq qiladi.

Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so‘zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so‘z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so‘zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar ayrim-ayrim so‘zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar – zerikarli asar. SHuning uchun ular erkin so‘z birikmasi deb yuritiladi.

Tilda ko‘p vaqt bir qolipda qo‘llanaverib, bo‘linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og‘zi qulog‘ida. Demak, so‘z birikmalari ikki xil: a) erkin so‘z birikmasi;b) turg‘un so‘z birikmasi. Turg‘un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar.


2- ilova
Tilda ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topib, ko‘chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so‘zga teng keladigan turg‘un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.

Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo‘ldi.

Iboralarning barchasi ko‘chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so‘zga nisbatan kuchli bo‘ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi.

Tilning iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya, iboralar yig‘indisi esa frazeologizm deb yuritiladi.


3- ilova
Iboralar o‘rtasida ham o‘zaro sinonimlik, antonimlik, omonimlik hodisasi bo‘lishi mumkin. (Qarang: -§. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.)
4-ilova

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil



8- MAVZU

Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari.

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 90 ta

Mashg'ulot shakli

Ma`ruza mashg`loti

Amaliy masg''uloti rejasi


1.Leksikografiya (lug`atshunoslik). haqida ma`lumot.

2.Lug’atlar, ularning turlari





O'quv mashg'ulotning maqsadi


Talabalarga Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari haqida tushuncha berish.

O'qiituvchining vazifasi:

1.Leksikografiya haqida ma`lumot.

haqida tushuncha beradi.
2. Lug’atlar, ularning turlari bo'yicha umumiy tasavur hosil qildirish



O'quv faoliyatining natijasi

1.Leksikografiya haqidagi bilimlari o`zlashtiradi.


2. Leksikografiya haqida ma`lumotga ega bo`ladi



Ta'lim metodi va texnikasi

Suhbat, Muammoli izlanish,

Ta'lim vositasi

Proyektor, Ma`ruza matni,


Ta'lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash

Ta'lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari.


Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi



Dars bosqichlari va vaqti


O'qituvchi

Talaba

1-boqich


Kirish

(5 daqiqa)





1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari.) maqsadi, rejasini e'lon qiladi.

1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.

2-bosqich

Asosiy bosqich

(70 daqiqa)



1. Mavzu Leksikografiya (1-ilova)

2. Lug’atlar, ularning turlari.(2-ilova)

3.Leksik tahlil namunasi(3-ilova)



1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi,

Eshitadi, yozib oladi



4-bosqich

Yakuniy bosqich

(5 daqiqa)





1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.

2. Adabiyotlar ro`yhatini (4-ilova)beradi




1.Eshitadi, yozadi,

2. Eshitadi yozib oladi.




1-ilova
Tilshunoslikning lug‘at tuzish ishi bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deyiladi. Lug‘atlar tilning lug‘aviy boyligini to‘plovchi kitobdir. Lug‘atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so‘zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug‘at tuzish ishi bilan lug‘atshunoslar qadimdan shug‘ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug‘ati yaratilgan.
2- ilova
Lug‘atlar xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:

1) qomusiy (entsiklopedik lug‘at) lug‘atlar; 2) lingvistik lug‘atlar.

Qomusiy lug‘atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.

«O‘zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro‘zg‘ or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug‘atlar qomusiy lug‘atlar sirasiga kiradi.

So‘zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug‘atlar lingvistik lug‘at deb yuritiladi. Lingvistik lug‘atlar bir tilli, ikki tilli va ko‘p tilli bo‘ladi.

Bir tilli lingvistik lug‘atlarda lug‘aviy birliklar bir tilning - o‘zbek tilining o‘zida izohlanadi. Bunday lug‘atlarga «Imlo lug‘ati», «Orfoepik lug‘at», «O‘zbek tilining morfem lug‘ati», «O‘zbek tilining sinonim so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining omonim so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining antonim so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati», «Etimologik lug‘ati», 1981 yilda yaratilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (2 jild) kabilar. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da so‘z va iboralarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beriladi.

Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlar tarjima lug‘atlari bo‘lib, ular boshqa tilning lug‘at tarkibini o‘zbek tiliga yoki aksincha o‘zbek tilining lug‘at tarkibini boshqa tilga tarjima qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko‘p tilli lug‘atlarga o‘zbekcha-ruscha, ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha-nemischa kabi lug‘atlar kiradi.

Ko‘p tilli lug‘atlar o‘tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha lug‘atlardan ma’lum. Hozirgi kunga kelib ko‘p tilli lug‘atlar tuzish ancha jadallashdi. CHunki ko‘p tilli lug‘atlar hozirgi tillarni qiyosiy o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Lug‘at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o‘zida aks ettiradi. Lug‘atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug‘at nutq madaniyati, so‘zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to‘g‘ ri qo‘llash, savodxonlikka erishishning asosidir.
3- ilova


Leksik tahlil namunasi

1. So‘zning lug‘aviy ma’nosi.

2. So‘zning bir ma’noli yoki ko‘p ma’noli ekanligi aniqlanadi.

3. Ma’no ko‘chgan bo‘lsa, ko‘chish usuli aniqlanadi.

4. So‘zning omonimlik, sinonimlik,



antonimlik, paronimlik

xususiyati aniqlanadi.

5.Umumxalq ishlatadigan so‘zmi yoki umumxalq ishlatmaydigan so‘zmi?

6. Ibora mavjud bo‘lsa, uning ma’nosi izohlanadi




4-ilova

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil
Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari yuzasidan savol-javob,mashq bajarish, test ishlash


Mashg’ulotgaajratilganvaqt – 2 s

Talabalarsoni – 30ta

O’quvmashg’ulotiningshakli

Amaliymashg’ulot

O’quvmashg’ulotiningtuzilishi

  1. Tashkiliy qism.

  2. Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

  3. Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

  4. Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

  5. Texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

  6. Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

  7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

  8. Mavzuni yakunlash.

O’quv mashg’ulotining maqsadi

Talabalarning « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari” mavzusidan ma’ruza mashg’ulotida olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llash ko’nikma va malakalarini tekshirish va mustahkamlash.

Pedagogik vazifalar:

1.Tashkiliy qism.

2.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.

3.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

4.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.


5.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash

6.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.


7. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

8.Mavzuni yakunlash.




O’quv faoliyati natijalari:

  1. auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;

  2. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;

  3. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;

  4. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;

  5. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;

  6. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari » avzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;

  7. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar

  8. mavzu 7-ilovaga asosan yakunlanadi.




Ta’lim metodi

Aqliy hujum, darslik bilan ishlash, suhbat, “Blits” , test texnologiyalari

Ta’limni tashkil etish shakli

Amaliy, ommaviy,individual.

Didaktik vositalar

Darslik, ukuv kullanma, tarqatma materiallar, slayd-prezentatsiya

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona

Nazorat

Test O’z-o’zini nazorat qilish, refleksiya


Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Oquv mashgulotiga kirish (Davat bosqichi)

(5 minut)

1.Tashkiliy qism.



1.Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi;




2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(70 minut)

1.Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
2.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
3.Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

4.Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash.

5.Mustaqil ish asosida talabalar bilimini tekshirish va baholash.

6. Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash




  1. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 1-ilovada berilgan savollarga javob beradilar, munozarada ishtirok etadilar;

  2. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 2-ilovada berilgan mashqlarni bajaradilar, bir-birlarining javoblarini to’ldiradilar;

  3. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari » mavzusi yuzasidan 3-ilovada berilgan namuna asosida o’z mustaqil ishlarini himoya qiladilar, munosarada ishtirok etadilar;

  4. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 4-ilovada berilgan blits savollariga javob beradilar;

  5. talabalar « Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari” mavzusi yuzasidan 5-ilovada berilgan mustaqil ishni amalga oshiradilar;

6)talabalar «Leksikografiya (lug`atshunoslik). Lug’atlar, ularning turlari» mavzusi yuzasidan 6-ilovada berilgan test savollariga javob beradilar

3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)

(5 minut)

8.Mashg’ulotni yakunlash.

Mashg’ulot 7-ilovaga asosan yakunlanadi..


Darsning borishi

Tashkiliy qism: Auditoriyaning sanitariya holati, davomat, mavzu, uyga berilgan topshiriqlar aniqlanadi, guruh jurnali rasmiylashtiriladi. Mashgulot mazmuni, maqsadi va otkazilish tartibi tushuntiriladi.

Asosiy anglash bosqichi.

1-ilova Talabalarning mavzu yuzasidan egallagan nazariy bilimlarini aniqlash va baholash maqsadida quyidagi savollar asosida savol-javob amalga oshiriladi: ( (Bunda o’qituvchi asosiy e’tiborni talaba nutqining ravonligiga, shevalardan xoli bo’lishishiga, javoblarning ilmiyligi va mantiqan to’g’riligiga hamda har bir ifodalanayotgan fikrning aniq misollar yordamida izohlanishiga qaratiladi).
1. Leksikologiya bo’limining obg’ektiga nimalar kiradi?

2. So’zning leksik ma’nosi nima?

3.Leksikografiya bo’limining obg’ektini tushuntirib bering.

4.Lug’at turlari xususida ma’lumot bering.

5. Lug’atlarning amaliy ahamiyatini tushuntirib bering.

6.Tilshunoslik faniga oid lug’atlar va ularning maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.

7.O’zbek tilining izohli lug’ati xususidagi fikrlaringizni ifodalang.

8. Teskari lug’at deganda qanday lug’atni tushunasiz.

9. M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’ati turk” asarini sharhlang.

Savol-javob jarayonida mavzu materiallarining izchilligi va uzviyligiga amal qilinadi, talabaning javobini ikkinchi bir talaba tomonidan to’ldirilishi uchun imkoniyat yaratib beriladi. Talabalar faolligini ta’minlash maqsadida har bir talabaning javobi o’z vaqtida belgilangan ballar asosida baholanib boriladi.



2-ilova.Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to’liq va mukammal bo’lishi o’qituvchi va talabalar tomonidan qatg’iy nazoratga olinadi.)

121-mashq. Quyida nomlari berilgan lug’atlar bilan amaliy tanishing, ularning o’xshash va farqli tomonlarini misollar keltirib izohlang.
1.“Imlo lug’ati” (maktab o’quvchilari uchun), 1976 y., “O’zbek tilining imlo lug’ati” (SH.SHoabdurahmonov tahriri ostida, “Fan”, 1976 y., “O’zbek tilining imlo lug’ati” (lotin yozuvida) 1995 y.; “O’zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug’ati” (To’lqin Tog’aev va boshqalar), 1999 y. “O’zbek tilining orfoepik lug’ati” (M.Sodiqova, O’.Usmonova), 1977 y.

2. “Ruscha-internatsional so’zlar izohli lug’ati” (O.Usmon, R.Doniyorov), 1965, 1972 yillar; “O’zbek tilining izohli lug’ati” (Z.M.Ma’rufov tahriri ostida, 2 tomlik), Moskva, 1981 y., X.Yu.Bekmuhamedov. “Tarix terminlari izohli lug’ati”, 1978 y.; “Geografiyadan izohli lug’at” (S.Qoraev va b.) 1979 y.

3. A.Hojiev. “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”, 1974 y.; “O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati”, (SH.Rahmatullaev va .), 1980 y.; “O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati”, (SH.Rahmatullaev va .), 1984 y.; SH.Rahmatullaev. “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”, 1978 y.

4. V.Rahmonov. “O’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at”, 1983 y.; Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’otit turk”(Turkiy so’zlar devoni), 3 tomlik.(Tarjimon S.M.Mutallibov), 1963 y.



122-mashq. Quyida nomlari ko’rsatilgan lug’atlar bilan tanishing. Ularning o’ziga xos xususiyatini va 121-mashqda berilgan lug’atlardan nimasi bilan farqlanishini tushuntiring.

“Forscha-o’zbekcha o’quv lug’ati” (A.Rustamov va b.), 1975 y.; Q.Turg’unov. “Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati”, 1975 y.; “Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati” (O.Usmon tahriri ostida), “Fan”, 1976 y.; O.S.Sodiqov “Geologiya lug’ati”, 1958 y.; S.R.Muhammadxonov, F.X.Jongurazov. “O’simlikshunoslikdan ruscha-o’zbekcha lug’at-spravochnik”, 1973 y.”


123-mashq. I. Quyida nomlari ko’rsatilgan lug’atlar bilan tanishib, ularning boshqa tipdagi lug’atlarga o’xshash va farqli tomonlarini izohlang.

K.Z.Zokirov, H.A.Jamolxonov “Botanikadan ruscha-o’zbekcha entsiklopedik lug’at”, 1-tom, 1973 y.; “Uy-ro’zg’or entsiklopediyasi”, 1982 y.; “Salomatlik entsiklopediyasi”, 1985 y.; “U kim, bu nima”. Bolalar entsiklopediyasi, 3 tomlik, 1987 y.

II. Quyidagi so’zlarning yuqorida nomlari ko’rsatilgan lug’atlarning qay biri tarkibida berilganini aniqlab yozing.
Bo’g’irsoq, voyaga yetmaganlar, deaktirovka, jizzali non, kabaret, kuya, ko’ra, lochira, marinad, oila byudjeti, pijama, romshteks, sifon, tomorqa, dehqonchilik, achitqi, chakchak, sharbatlar, shilpildoq, yubka, o’rama, qiyom, qushtili

124-mashq. SH.SHomaqsudov, S.Dolimovlarning “Keng uyning kelinchagi” kitobidan (Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1964 y.) olingan quyidagi iboralarni yozib, ularning “O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”da qay darajada izohlanganini tekshirib ko’ring.
Ammamning buzog’i, bebiliska, bel bog’ladi, gapning beliga tepdi, do’ppisi tor kelib qoldi, zuvalasi pishiq, ilonning yog’ini yalagan, katta og’iz, lom-mim deyolmay qoldi, misi chiqib qoldi, nog’orasiga o’ynaydi, otning qashqasi.
125-mashq. Berilgan so’zlarning ma’nosini qavs ichida ko’rsatilgan lug’atlardan foydalangan holda izohlang.


  1. Akkreditiv, bionika, vakansiya, garpun, djaz, jeton, zummer, indeks, kvorum, (“Ruscha-internatsional so’zlar izohli lug’ati”).

  2. Buqalamun, vobasta, dilovar, yog’och, ol, jubba, zanbur, luchchak, ma’vo, nigun (“O’zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug’at”).

  3. Mushak, suz, tuyg’un, chakka, yupqa, o’ng, qiy, alam, bargak, do’l (“O’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati”).

  4. Albatta, ... butunlay... gina qilmoq..., kasalmand..., dang’illama..., yetishmoq..., yordam..., jahl..., zulm...(“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”).

  5. Adresant - ..., barqaror - ..., dali-g’uli - ..., yovuzlik - ..., zolim - ..., obod - ..., sayoz - ... («O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati»).

67- mashq. Matnlarni o’qing, monosemantik so’zlarni aniqlang va qaysi sohaga oidligini ayting.

I. Bakteriya hujayralari massasining asosiy qismn oqsil va nuklein kislotalaridan hosil bo’lgan tsitoplazma va yadrodan iboratdir. Oqsillar juda murakkab organik moddalar bo’lib, ularning molekulalari yuz va minglab atomlardan tuzilgandir. Oqsillar tarkibiga uglerod, vodorod va kislorodlardan tashqari azot, oltingugurt va ba’zan fosfor ham kiradi. (K. Ye. SHarikov.)

II. Mahmud Koshg’ariy yirik fonetist sifatida har bir tovushni alohida o’rganib, uni fiziologik va akustik tomondan tasvirladi. Tovush va harf orasidagi munosabatga to’xtalib, arab yozuv sistemasidagi harflarning turkiy tillardagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini ko’rsatdi...

Mahmud Koshg’ariy so’zlarni uch turkumga ajratadi. Bular: ot, fe’l, yordamchi so’zlar. Mahmud Koshg’ariy ko’pgina affikslarning ma’no va funktsiyalarini ko’rsatib bergan edi. Uning semasiologiya sohasidagi fikrlari ham juda qimmatli. (S. Usmonov.)

III. Alisher Navoiy katta badiiy va ilmiy asarlari qatorida maxsus lingvistik asar yozganligi barchaga ma’lum.

Navoiy eski o’zbek tilining morfologiyasini yaxshi analiz qildi. Masalan, u fe’lning o’zlik, orttirma va birgalik nisbatlarini, ravishdosh shaklini, ko’makchi fe’l yordamida tuzilgan murakkab fe’llarni, sifatning orttirma darajasini va kuchaytirma shakllarini, ayrim so’z yasovchi affikslarning ma’nolarini ko’rsatib, ularni misollar bilan izohlab beradi.

Navoiy eski o’zbek adabiy tilining fonemalariga, ayniqsa, unlilariga ham ahamiyat berdi. (S. Usmonov.)


Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin