Ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 5,67 Mb.
səhifə31/45
tarix27.06.2018
ölçüsü5,67 Mb.
#55019
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45

Talabalar savollarga javoblarni belgilaganlaridan so’ng javoblar mavjud ikkinchi shakl namoyish etiladi va talabalar o’z xato va kamchiliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Blits savollari ifodalangan varaqlar talabalarga tarqatilishi yaxshi samara beradi.



Tekshirish uchun namuna




Blits savollari

Talaba javobi

To’g’ri javob

Savollarga javoblar

1

Sozning gapdan tashqarida ifodalaydigan manosi qanday mano hisoblanadi?




2

Gazeta, ravish

2

Faqat bir ma’noli so’zlar berilgan qatorni aniqlang.




4

Ma’no torayishi

3

Ko’p ma’noli so’zlar berilgan qatorni toping.




10

Bir ma’nolilik

4

Atoqli ot turdosh otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi hosil bo’ladi?




5

Ma’no kengayishi

5


Turdosh ot atoqli otga ko’chsa qanday ma’no o’zgarishi sodir bo’ladi?




7

Metafora

6

Butunni ifodalash orqali qism, qismni ifodalash asosida butunni anglash asosida ma’no ko’chishi nima deb yuritiladi?




8

Metonimiya

7

Predmet, belgi, harakatning o’xshashligiga asoslangan ma’no ko’chishi turi nima deb yuritiladi?




3

Ko’z, bosh, quloq

8

Men 11da keldim gapida ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan?




9

Kinoya

9

Uyda har kuni “dushman” tomondan bir vakil bo’ladi. Gapida ma’no ko’chishining qaysi shakli qo’llangan?




6

Sinekdoxa

10

Monosemiya hodisasi qanday ma’noni anglatadi?




1

So’zning asl o’z ma’nosi



5-ilova. Mustaqil ish. Talabalar o’tirgan joylariga qarab 6 qatorga bo’liniadilar va har bir qatorga alohida quyidagi tartibda o’tilayotgan mavzu asosida mustaqil ishi topshiriladi:(Bajarilgan ishning sifati gapning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati hamda talabaning o’z misolini to’g’ri va tushunarli ifodalay olishi bilan belgilanadi.)

1-qator-Ko’p ma’noli so’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

2-qator- Bir ma’noli g’o’zlar asosida ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

3-qator-Metafora asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

4-qator-Metanimiya asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

5-qator-Sinekdoxa usuli asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

6-qator-Kinoya usuli asosida ma’no ko’chishiga ikkita mazmunli gap tuzib izohlaydi.

6.Test tekshiruvi. Bunda har bir talabaga alohida variant asosidagi test beriladi va uning mustaqil tarzda bajarilishi nazorat qilinadi. (Test kalitlari yig’ishtirib olinib natijalari keyingi mashg’ulotgacha e’lon qilinadi.)

Namuna

1. Quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridagi suzmoq so‘zi qanday so‘z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi.

A) omonim B) paronim C) sinonim D) ko‘p ma’noli so‘z

2. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?

A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin

3. Qurilishda men boshliqman, Bo‘riyev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?

A) mayl B) izn C) izm D) mayl, izn

4. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?

A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin

5. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi qo‘shimchalar o‘zaro omo¬nim hisoblanadi?

A) kiyinmoq-ekinlar B) o‘qildi-yozildi C) gulzorlarda-paxtazorga D) uchrashmoq-o‘rganish

6. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi?

A) adil-odil B) adolatli-odil C) adil-tik D) odil-adl

7. O‘chib borayotir qanchalar kalom,

Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom,

Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:

U o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom (A.O.) Banddagi sobit so‘zining sinonimi...

A) yoqimli B) ishonchli C) qat’iy D) doimiy

8. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?

A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos C) paronimlarga xos D) A va B

9. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?

A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘ C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish

10. Quyidagi hodisalarning qaysilari mustaqil so‘z turkumlarining barchasi uchun xos? 1) ko‘p ma’nolilik;

2) sinonimiya; 3) omonimiya; 4) antonimiya.

A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4

7.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006–, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil


MAVZU

Unli tovushlar, ularning tasnifi.

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg'ulot shakli

Amaliy mashg`ulot

Amaliy masg''uloti rejasi


1Tashkiliy qism.

2Savol-javob asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash

3Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.

4Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimini aniqlash va baholash.

5Test texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

6Mavzuni yakunlash.



O'quv mashg'ulotning maqsadi


Talabalar Unli tovushlar, ularning tasnifi. mavzusi haqida tushuncha berish.

O'qiituvchining vazifasi:

1. Unli tovushlar, ularning tasnifi.haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash.

2. Unli tovushlar yuzasidan mashqlar bajartiradi .
3. Unlilar tasnifi haqida tushuncha beradi


O'quv faoliyatining natijasi

1. Unli tovushlar, ularning tasnifi.haqidagi bilimlari yuzasidan javob beradi.


2Unlilar .haqida mashqlar bajaradi .

3. Unlilarni tasnif qiladi




Ta'lim metodi va texnikasi

Suhbat, Muammoli izlanish,mashqlar to`plami

Ta'lim vositasi

Proyektor, Ma`ruza matni,


Ta'lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash

Ta'lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish


Mavzu Unli tovushlar, ularning tasnifi.

Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi



Dars bosqichlari va vaqti


O'qituvchi

Talaba

1-boqich


Kirish

(5 daqiqa)





1.Ma`ruza mashg'ulotning tashkiliy qismini amalga oshiradi, mavzu (Unli tovushlar, ularning tasnifi.),

maqsadi, rejasini e'lon qiladi.



1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.

2-bosqich

Asosiy bosqich

(70 daqiqa)



1. Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. (1-ilova)

2. Mavzu yuzasidan mashqlar bajartiradi. (2-ilova)


3.Test bajartiradi (3-ilova)



1. Eshitadi, javob beradi
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi, bajaradi
3. Test yechadi.

4-bosqich

Yakuniy bosqich

(5 daqiqa)





1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash.

2. Adabiyotlar ro`yhatini beradi




1.Eshitadi, yozadi, bilib oladi.

2. Eshitadi yozib oladi.




1-ilova

1. Kirill alifbosida nechta unli harf, nechta unli tovush mavjud? Lotin alifbosida-chi?

2. Unli va undosh tovushlarning farqli jihatlarini ayting.

3. Unli tovushlar tasnifini yod oling.


2-ilova

7-mashq. Nuqtalar o`rniga unli yoki undosh fonemalardan qo`yib ko`ring, hosil bo`lgan so`zlarni yozing.
1. B...z, s...z, t...z, k...z; t..n, j...n, k...n, t...t, b...t, s...t; sh...m, sh...r, sh...x; x...n, x...l, x...m, x...s, x...t, x...sh; z...l, z...r, k...r. 2. O...a, a...a, e...a, u...a, o`...a, a...i. 3. O…, u..., e..., i..., o`...
8-mashq. Birgina fonema bilan farq qiladigan so`zlarni toping va ularni yonma-yon yozing.
Roziq, sho`ra, tolmoq, tong, tin, pona, botmoq, ko`z, so`ra, Ber, qin, bayt, qoziq, bong, xona, ko`ra, bo`z, din, qayt, solmoq, jo`ra, dong, so`z, fin, hoziq, olmoq, chin, payt, shona, sotmoq, qin, qo`ra, qona, totmoq, xo`ra, to`z, ter, qotmoq, cho`z, g`o`ra, sher, sin.
Ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unlilarning tilning gorizontal harakatiga turini ayting.


9-mashq. O`qing. Har bir so`z tarkibidagi unli va undosh fonemalarni ko`rsating.
Ko`zlarim tindirolmas Na dovrug`u, na davlat.

Izmiga indirolmas Na mansabu, na savlat. (Z.O.)


Ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unlilarning tilning vertikal harakatiga va lablarning ishtirokiga ko`ra turini ayting.
10-mashq. O`qing. Unli fonemalarni tilning gorizontal, vertikal harakatiga va lablarning ishtirokiga ko`ra guruhlab, quyidagi chizmaga joylang.
Tilim bormas aslo ko`r qiz demakka,

Siz ham bir eshiting «Dugoh”, “Bayot”ni.

CHamamda, ko`z nuri ko`chgan yurakka,

SHuning-chun u kuylar qaynoq hayotni.(O. Xoldor.)



Tilning gorizontal harakatiga ko`ra

Tilning vertikal harakatiga

ko`ra


Lablarning

ishtirokiga ko`ra



Til oldi

Til orqa

Yuqori

tor unlilar



O`rta keng unlilar

Quyi

keng unlilar



Lablangan

Lablanmagan























11-mashq. O`qing. Unlilarga to`liq tavsif bering.
N a m u n a: u – tilning gorizontal harakatiga ko`ra til orqa, vertikal harakatiga ko`ra tor, lablarning ishtirokiga ko`ra lablangan unli.
1. Aytishlaricha, u kitoblar Bag`dod, Damashq., Kashmir va Nishopur kabi shaharlardan keltirilgan ekan. (K.Moiseeva.) 2. Eng baland minora ham erdan ko`tarilgay. (“Amir Temur o`gitlari”dan)
12-mashq. O`qing. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undosh fonemalarni guruhlab, berilgan chizmaga joylang.


Ko`m-ko`k bog` bor Toshkent chetida,

Uni “Mo`hjiza bog`” deyishar...



Bunda qishda – yozu, kuzda – bahor,

Bunda ajab g`o`za etishar.(Mirm.)



Lab undoshlari

Lab-lab




Lab-tish



Til undoshlari



Til oldi




Til o`rta




Til orqa




CHuqur til orqa




Bo`g`iz undoshi







Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin