Ontologiya kategoriyalar taasnifini asosida krossvord tayyorlash


Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari



Yüklə 39,55 Kb.
səhifə6/6
tarix18.11.2023
ölçüsü39,55 Kb.
#133021
1   2   3   4   5   6
ONTOLOGIYA KATEGORIYALAR TAASNIFINI ASOSIDA KROSSVORD TAYYORLASH

Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari:

  • „Politika“,

  • „Gʻoyalar haqida“,

  • „Farovonlik haqida“,

  • „Birinchi analitika“,

  • „Ikkinchi analitika“,

  • „Organon“,

  • „Fizika“,

  • „Metafizika“,

  • „Jon haqida“,

  • „Nikomax axloqi“,

  • „Yevdem axloqi“,

  • „Axloqi kabir“,

  • „Ekonomika“,

  • „Etika“,

  • „Poetika“,

  • „Ritorika“.

Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7-8–asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.
Ibn Sino bilan Beruniy oʻrtasida Arastuning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari toʻgʻrisidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga qiziqish benazir boʻlganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd oʻz salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targʻib etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. Oʻrta asr Sharqida Arastu taʼlimotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan mashhurdir.
Immanuil Kant haqinda
Immanuil Kant (nemischa: Immanuel Kant, 22-aprel 1724, Kenigsberg — 12-fevral 1804, oʻsha yerda) — nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770—1796). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi.
Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi:
1) tabiiy-ilmiy bosqich (1747—1755) — bu davrda «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755) asarini yozdi, bunda u oʻzining kosmogonik nazariyasini olga surdi (qarang Kant gipotezasi);
2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, …
3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant koʻproq bilish muammolari bilan shugʻullandi. «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1789), «Mulohaza qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostitsizmga moyil. Kant bilish jarayonida «narsa oʻzida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq qiladi. «Narsa oʻzida» — oʻzicha mavjud boʻlgan obʼyektdir. «Biz uchun narsa» — obʼyektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson «narsa oʻzida» (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, yaʼni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostitsizmi inson bilimi aniq tarixiy harakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish obʼyekti boʻla olmasligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega;
4) tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq, pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya (yaʼni harakterologiya)ga oid maʼruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega boʻlavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham boʻladi. Bular tugʻma bilimlardir (masalan, matematika, falsafa). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant oʻz falsafasida bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi.
Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning gʻoyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa oʻzlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bogʻladilar. Kant oʻzining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini taʼkidlaydi. U boshqa xalqlar yerlarini bosib olib oʻzini oqlashga urinishni, jinoyat qilib oʻz aybiga iqror boʻlmaslikni, «ajratib tashla va xukmronlik qil» aqidasini axloqqa zid xatti-harakat deb baholaydi. Kantning fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 60-yillarida Kant gʻoyalari asosida neokantchilik vujudga keldi.

ADABIYOTLAR


1.Axmedova.M FALSAFA Toshkent 2006
2.Shermuxamedova.N GNOSEOLOGIYA Toshkent 2009
Yüklə 39,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin