ASBOBNING TAVSIFI
SU-4 saxarimetrining optik sistemasini batafsilroq ko’rib o’taylik. 29-rasmda: 1-okulyar, 2-burilish burchagini ko’rsatuvchi okulyari, 3-kamera qopqog’i, 4-filtr, 5-yoritish lampasi, 6-kalit, 7-asos taglik, 8-okulyarni ko’rish maydoniga fokuslovchi vint, 9-ponani siljituvchi friksion gildirak dastasi, 10-yoritilganlikni sozlovchi rezistor dastasi, 11-analizator va pona o’rnatilgan korpus, 12-polyarizator.
Saxarimetrda polyarizator 2-ta prizmadan: katta P prizma va shu yerning o’zida, katta prizma orqasiga o’rnatilgan P1 prizmadan tashkil topgan bo’ladi (27-rasm).
M manbadan chiqqan yorug’lik (27-rasm) asbobning D doirasimon tirqishiga tushadi, tirqish L linzaning fokusiga joylashganligi uchun linzadan o’tayotgan yorug’lik parallel nurlar dastasini hosil qiladi.
L linzadan o’tayotgan yorug’lik P prizmadan o’tgandan so’ng muayyan tekislikda yassi qutblanadi. Bu qutblangan yorug’lik nurlarining bir qismi tekshirilayotgan eritma quyilgan T trubkadan o’tib, A analizatorga tushadi. Yorug’likning ikkinchi qismi bu trubkaga tyshishdan oldin kichik P1 prizmadan o’tadi, shuning uchun bu yorug’likning qutblanish tekisligi bir oz burilgan bo’ladi. Analizator yorug’lik dastasining bir qismini to’liq o’tkazmaydigan holatga keltirilganida ham undan yorug’lik dastasining ikkinchi qismi qisman o’tadi. Natijada doirasimon ko’rish maydonining ikkita yarim doiraga ajratilgani kuzatiladi. P prizmaning qirrasi bu ikki yarim doiraning ajratiltan chizig’i bo’ladi. Analizator optik aktiv modda quyilgan T trubka o’rnatilganiga qadar va u o’rnatilgandan keyin ko’rish maydonini birday yoritilganligiga erishilguncha to’g’rilanadi.
Analizatorning burilish burchagi shu analizator bilan bog’liq bo’lgan konusning qo’zg’olmas limb ustida siljishiga qarab aniqlanadi. O’lchashlarni bajarishdan oldin saxarimetrning solishtirma burilish doimiysini aniqlab olish kerak. Buning uchun konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan eritma tayyorlanadi va φ=[] Sl/100 ifodadan [] aniqlanadi.
Kerakli asbob va materiallar: SU-4 saxarimetri, trubkalar, kolba, probirkalar, ariometrlar, qand eritmasi, distillangan suv.
Dostları ilə paylaş: |