ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1-mashq. Vakuumli fotoelementni o’rganish
1. Stendni tarmoqqa ulab, "Set " tarmog’ini "vkl" holatiga qo’ying.
2. B7 tumblerni "vakuum" holatiga, B8 ni esa F1 holatga, B9, B10, B11, B12 larni esa F=0 holatga o’tkazing.
3. R12 rezistordan U kuchlanishni 0-1500 gacha 5 yoki 10V dan oralatib o’zgartirib, I tokning mos qiymatlarini 5-jadvalga yozib I=f(u) grafigini chizing.
5-jadval
U,V
|
10
|
20
|
30
|
…
|
1400
|
1500
|
I,mA
|
|
|
|
|
|
|
4. R12 dan ish tugashi bilan kuchlanishni "0" ga keltirib qo’ying.
5. B8 dan F2 ni tanlang va bu hol uchun I=f(u) bog’lanishni oling, 6-jadvalni to’ldiring va grafik chizing.
6-jadval
U,V
|
10
|
20
|
30
|
…
|
1400
|
1500
|
I, mA
|
|
|
|
|
|
|
2-mashq. Gaz to’ldirilgan fotoelementlarni o’rganish
1.B8 ni F=0 holatga, R12 ni chapga u=0 holatga qo’yib, B7 ni "gazonapolnennыy" holatga o’tkazing.
2.B9 ni F=F1 holatga o’tkazing va R12 dan kuchlanishni 5-10V dan o’zgartirib borib, yuqoridagidek takrorlab vakuumli va gazli fotoelementlar uchun I=f(u) xarakteristikalarini oling. Yuqoridagidek jadval tuzib, grafiklar chizing.
3-mashq. Fotoqarshiliklarini o’rganish
1. B2 orqali fotoqarshilikni sxemaga ulang. B8 ni F=0 holatga, u ni R12 orkali 0 ga qo’ying.
2. B10 tumblerni F=F1 holatga o’tkazing va B2 ni ulang, I2 milliampermetr (o’rtadagi)dan tok kuchi qiymatini aniqlang va darhol F=0 holatga o’ting.
3. B10 tumblerni F=F2 holatga o’tkazing va I2 ni yozib oling, uni F=0 ga keltirib qo’ying. Natijalarni daftaringizga ko’chirib oling.
4-mashq. FD fotodiodini o’rganish
1. FD-1 fotodiodini fotogenerator rejimida ishlashga o’tkazish uchun B3 dan foydalaning.
2. B11 ni F=F1 holatga qo’ying.
3. B1 yordamida qarshiliklarni o’zgartirib, I3 dan tok kuchi qiymatini yozib oling.
4. B11 ni F=F2 ga qo’yib, tajribani takrorlang.
5. Har ikki (F=F1: F=F2) holat uchun tok kuchi I3 kattaligini qarshilikka bog’liqlik grafigi I3=f(R) ni chizing.
6. Olingan natijalarni izohlang.
O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR
1. Fotoeffekt hodisasi deb nimaga aytiladi?
2. Fotoeffektnikg turlarini ayting va ularning bir-biridan farqini tushuntiring.
3.Fototokning qiymati nimalarga bog’liq bo’ladi?
4. Fotoeffektning qizil chegarasining fizik ma’nosi qanday?
5. Fotoeffekt hodisasi yorug’likning tabiatini qanday tushuntiradi?
Dostları ilə paylaş: |