ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1. Buyum bilan ekran orasiga linzani shunday joylashtiringki, bunda shkalali ekranda strelkasimon tirqishning va to’rning ancha kattalashgan aniq tasviri hosil bo’lsin, so’ngra linza va ekranning vaziyatini aniqlang.
2. Buyumning kattaligini chizg’ich yordamida o’lchang.
3. Ekran shkalasidan tasvir kattaligini aniqlang.
4. Tasvir bilan linza orasidagi masofani o’lchang.
5. (2.5) formula yordamida yig’uvchi linzaning bosh fokus masofasini toping va tajribani 7-10 marta takrorlang.
6. Linzaning optik kuchini aniqlang.
7. Absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblang.
8. Natijalarni 3-jadvalga yozing.
3-jadval
Tajriba nomeri
|
d, m
|
f, m
|
F, m
|
D, dp
|
2-mashq. Botiq linzaning fokus masofasini aniqlash
Kerakli asbob va materiallar: sochuvchi linza, masofani o’lchovchi asbob (shkalalangan uzun chizg’ich), yorug’lik manbai, yig’uvchi linza, optik taglik.
ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1. Optik taglikka chizg’ichni gorizontal o’rnating.
2. Optik taglikka yoritgich, yig’uvchi linza va yarim shaffof ekranni o’rnating va ekranni surib, unda strelkasimon tirqishning aniq tasvirini hosil qiling.
3. Ekran vaziyatini chizg’ich yordamida aniqlab oling va ekranni chapga-o’ngga surib, yana shu ishni 7-10 marta takrorlang.
4. Ekranni chapga surib, ekran bilan qabariq linza orasiga botiq linzani 7-rasmda ko’rsatilganidek kiriting va tirqishning yaqqol tasvirini hosil qiling. Bunda botiq linza ekranning dastlabki (3-punkt) vaziyatidan biroz o’ngrokda bo’lishiga erishing.
5. Linza va ekranning vaziyatlarini chizg’ich shkalasidan aniqlang va linza yoki ekranni surib, tajribani 7-10 marta takrorlang. Ekranning ikkinchi vaziyati (7-rasm), E nuqtani topib EС=a, DC=b larni aniqlang va
(2-6)
(2-6) formuladan botiq linzaning fokus masofasini toping.
7-rasm. Botiq linza fokus masofasini aniqlash
7. Olingan natijalarni 4-jadvalga yozing va o’lchash xatoligini baholang.
4-jadval.
Tajriba nomeri
|
A, m
|
b, m
|
F, m
|
D, dp
|
ESLATMA: botiq linza uchun G’ manfiy ekanligini (2.6) formulani chiqarishda hisobga oling.
Dostları ilə paylaş: |