ISHNING BAJARILISH TARTIBI
1. Distillangan suv oling va refraktometrning nol punktini 20°S da tekshiring, bunda, ns=1,33299 va eritma konsentratsiyasi 0% ni ko’rsatishi kerak. Buning uchun quyidagilarni bajaring.
2. Yuqori kamera darchasi (teshigi)ni ochib qo’ying, quyi kamera darchasi esa yopiq bo’lishi kerak.
3. Yuqoriga kamerani ko’tarib oching va prizmani spirt yoki distillangan suv bilan artib tozalang va quriting.
4. Shisha tayokcha yoki tomizgich bilan quyi kamera prizmasining sirtiga 1-2 tomchi distillangan suv quying va yuqoridagi kamerani tushiring.
5. Yorug’lik nurini yuqorigi kamera darchasiga to’g’rilab yo’naltiring. Okulyarni maxsus vint orqali surib, ko’rish maydonida soya chegarasini shkala ustidagi "Krest" bilan ustma-ust tushiring.
6. Okulyar gayka qopqog’ini bo’rab, soya chegarasi, shkala va "Krest" belgisi aniq ko’rinishiga erishing (fokuslang).
7. Kompensator muruvvatini bo’rab, dispersiyani yo’qoting, bunda soya chegarasi va juda aniq ko’rish maydonida fakat oq qora soxa hosil bo’ladi.
8. YOritish manbaini sal uyok bu yoqqa surib, ravshan oq qora soya chegarasi hosil bo’lishiga erishing.
9. "Krest" ni soya chegarasiga qo’yganingizda ns=1,33299 va S=0% natijaga erishishingiz kerak.
10. Asbob yaxshi ishlayotgan bo’lsa, eritmani tomizib, yuqoridagidek o’lchashlar bajaring.
11. Olingan natijalarni 11-jadvalga yozib boring.
11-jadval
O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR
1. "URL" refraktometrining tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering (yo’riqnomasi asosida).
2. Refraktometrda to’g’ri ko’rish prizmalari qanday rol o’ynaydi?
3 Refraktometr yordamida qattik jismlar sindirish ko’rsatkichini aniqlasa bo’ladimi?
4. Kristallar sindirish ko’rsatkichini aniqlashniig yana qanday usullarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |