1. Kolbada 100 sm3 hajmli distillangan suvda m gr qandning eritmasini tayyorlab oling (10-20% gacha eritma).
2. Eritmani menzurka yoki probirkaga quyib, areometr yordamida ρ zichligini aniqlang va jadvalga yozib oling.
3. Uzunligi 1dm bo’lgan trubkani kameradan olib, yaxshilab yuving va distillangan suv bilan chayqang.
4. Trubka oynalarini spirt bilan tozalang va uni yig’ing.
5. Saxarimetr qismlarida mexanik defektlar yo’kligini kuzatib, elektr tarmog’iga ulang va kalit yordamida yoritish lampasini yoqing.
6. 1-okulyardan qarab ko’rish maydonini kuzating va 9-vint yordamida analizator ko’rish maydonining ikkala yarim doirasi ham bir xilda yoritilgan holatga erishguncha goh u tomon, goh bu tomonga suring.
7. 2-okulyardan shkala ko’rsatishlarini yozib oling va bu ishni 7-10 marta takrorlang.
8. Yaxshilab tozalangan trubkaga zichligi aniqlangan, konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan eritmani, ichida xavo pufakchasi hosil bo’lmaydigan qilib quying va trubkani kameraning o’rtarog’iga o’rnating.
9. 10-okulyardan qarab, 9-vintni asta-sekin burab, ko’rish maydoni yarim doiralarining bir xilda yoritilishiga erishing.
10. Bu holatga mos keluvchi qiymatni yozib oling.
11. Eritmada 100 sm3 suvdagi modda qand miqdori aniq bo’lganligi uchun (10-2) formulani
φ=[]Sl:100
ko’rinishda yozishimiz mumkin. Bundan eritmaning solishtirma burilish doimiysi [] ni hisoblang.
12. Konsentratsiyalari noma’lum bo’lgan bir necha eritma tayyorlang va ularni navbat bilan trubkaga quyib burilish burchagi φ ning qiymatlarini toping va ularga mos konsentratsiyalarni hisoblang. Natijalarni 18-jadvalga yozing.
18-jadval