Berilgan so‘z va so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
Yordam berishingizni so‘raydi, ijobiy hal etilishini so‘raydi, ta’minlaydi, kafolat beradi, eslatib o‘tamiz, ruxsat berishingizni so‘raydi, ilova qilinadi, ma’lum qiladi.
Quyidagi xatda tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘ying.
Xatning matnini o‘qing. Uning tushirib qoldirilgan rekvizitlartni to‘ldiring. Xatning turini ayting.
Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, institutingiz tomonidan 2017-yil 12- fevralda tuzilgan 126-raqamli shartnomaning 2-bandiga binoan yilning birinchi yarmida talabalar shaharchasining bosh loyihasini tayyorlashingiz kerak. Shunga ko‘ra, loyihani tayyorlash ishlari qanday borayotganligi haqida bizni xabardor qilishingizni so‘raymiz.