Quyidagi xatni shartli ravishda qismlarga bo‘ling. Undagi xizmat xatlariga xos xususiyatlarni ko‘rsating. Xatning turini aniqlang.
Ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2017-yil avgust oyida “Hujjatlar tili va uslubi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Seminardan ko‘zlangan maqsad hujjatlar tilining nazariy va amaliy tomonlariga bag‘ishlangan masalalarni muhokama qilishdan iborat. Seminar hujjatshunoslarga, ish yurituvchilarga, shuningdek
tilshunoslarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
– hujjatlar tilini tartibga solish va ish yuritish terminlarini birxillashtirish;
ish yuritish terminlarini tartibga solishning yangi axborot texnologiyasi sharoitidagi samadadorligi;
– hujjatlarni tasniflash va hujjatlar tizimi;
hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishning umumiy qoidalari.
Sizni ilmiy-amaliy seminarda o‘z ma’ruzangiz bilan qatnashishga taklif etamiz. Ma’ruzalarni maxsus to‘plam shaklida 2017-yilda nashr qilish rejalashtirilgan.
Ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etish va ma’ruza mavzusi haqida 2017-yil 1-avgustgacha quyidagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 5-uy. O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ma’lumot uchun telefon: *******.
Xizmat xatlari haqida olgan ma’lumotlaringiz asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring.