O’qish 3 – sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/3
tarix24.01.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#122457
1   2   3
3-Sinf O\'qish fanidan Chana mavzusida dars ishlanma

O’qituvchi: O’tgan darsimizda qaysi mavzu bilan
tanishganmiz.
O’quvchilar: O’tgan darsimizda Shuhratning “Qor” she’rini
o’tganmiz.
O’quvchilar har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib she’rni ifodali yoddan aytishadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib she’rni yoddan ifodali qilib aytib bo’lishgach hamma o’quvchilar birgalikda o’rta ovozda she’rni aytadilar. So’ngra “Sinkveyn” metodidan foydalanib “Qor” so’ziga ismdor so’zlar ta’riflanadi.




O’tilgan mavzuni mustahkamlab olingach dekabr oyi “Milliy g’oya turkumidagi fanlar” oyligiga doir “Vatan” so’zini tarmoqlash usulidan foydalanib ifoda etiladi.

Sinf doskasiga sana va mavzu yoziladi.


Dekabrning 14 – kuni
Matematika faniga bog’lanadi
14 soni ikki xonali son
14 soni juft son
14 sonida 4 ta birlik va bitta o’nlik bor
Mavzu: Chana “O’tkir Hoshimov”
O’qituvchi:

  • Bolalar bugun biz sizlar bilan O’tkir Hoshimovning Chana hikoyasi bilan tanishamiz (Hikoya muaallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi)

O’qituvchi:
Matnni ifodali qilib o’qib beradi. Matn mavzusi tushuntiriladi. O’quvchilar “Zanjir” usulidan foydalanib matnni o’qiydilar. Qolgan o’quvchilart kuzatib boradilar.
Matnda uchragan notanish so’zar ustida lug’at ishi o’tkaziladi.
LUG’AT ISHI

Lug’at ishi: Multimediya ilovasi asosida tushuntiriladi
Yaraq – yuruq – yaltiraydi
Siltangan edi – kuch bilan keskin turtmoq
Shuvullab – “Shuv-shuv” etgan tovush.
Galma – gal – navbatma – navbat
Alam qilganidan - ranjidi
Lug’at ishi tugatilgach Dam olish daqiqasi o’tkaziladi (ingiliz tilida qish mavzusiga doir qo’shiq aytiladi. O’quvchilar jo’r ovozda ekrandagi harakatni birgalikda takrorlaydilar.)
O’tilgan mavzuni mustahkamlash“Baliq ovida” o’yini orqali mustahkamlanadi.
Bunda o’quvchilar qarmoq orqali baliqchalarni tutadilar, baliq orqasiga yozilgan “Chana” mavzusiga doir savollar yuzasidan savol – javob o’tkazadilar.

Savol

  • “Chana” hikoyasining muallifi kim?

  • Farhodning dadasi nima olib keldi?

  • Bolalar Farhodni ko’rishlari bilan nima qildilar

  • Farhod kimlardan uyaldi?

  • Farhod hatosini qanday tushundi?

Darsning yakunlash va o’quvchilarni bahlash
Parta qatorlari asosida ajratilgan guruhning to’plagan “Rag’bat” kartochkalari sanab chiqiladi.
“Yulduzcha” guruhi 27 – rag’bat
“Ob-hayot” guruhi 23 - rag’bat
“Ona zamin” guruhi 19 - rag’bat
O’qish darsining bugungi g’olib guruhi “Yulduzcha” guruhi deb topildi.
Ikkinchi o’rin “Obi hayot” guruhiga.
Uchinchi o’rin “Ona zamin” guruhiga nasib etdi.
Uyga vazifa
“Chana” hikoyasini ifodali o’qish va mazmunini so’zlab berishga o’rganish.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin