O'qish dasturi tahlili reja


Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi



Yüklə 39,45 Kb.
səhifə6/9
tarix21.06.2023
ölçüsü39,45 Kb.
#128347
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'qish dasturi tahlili reja (1)

Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o’quvchilarning yozma nutqini og’zaki nutqi bilan bog’liq holda o’stirishni ta’minlaydi.
Yozuvga o’rgatishning tashkiliy va gigienik shartlari.
Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo’lib, xattaxtaga yozishda bo’rdan foydalaniladi.
Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog’oz ishlatilgan bo’lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan:
Bunday daftarda yozuvga o’rgatilgan boladan boshlang’ich sinflarni bitirguncha besh xil daftarga yozishni o’rganish talab etilar edi:
Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi.
G.L.Shukinaning “Pedagogika” kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif beriladi. “O’qitish metodlari bu darsda o’quv-tarbiya maqsadlariga qaratilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi ish faoliyatidir”.
L.N.Skatkin o’zining kitobida o’qitish metodiga quyidagicha ta’rif berdi:
O’qitish metodlari – bu darsda o’quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish usulidir.
O’qitish metodlari – bu darsda o’qituvchi va o’quvchilarning ish faoliyati bo’lib, uning evaziga o’quv tarbiya ishlari hal etiladi”.
O’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usuli bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashi shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi.

Yüklə 39,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin