8-mavzu: Pedagogik fanlarni o'qitish mazmuni. (2 soat) Reja O'qitish mazmuni.
Pedagogik fanlarni o'qitish normativ hujjatlari
DTS
Maqsadi: Pedagogik fanlarni o'qitish mazmuni mavzusi yuzasidan egallangan nazariy ma`lumotlarni tahlil qilish orqali talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish, mavzu rejalarini tizimli bayon qilish va ularning amaliy ahamiyatini yoritib berish orqali talabalar kasbiy bilimlarini kengaytirish
1-topshiriq. Klaster texnikasi asosida o'quvchilar bilmini baholash metodlari
Klaster texnikasining qoidasi:
“Klaster” uslubi. –Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq o`zviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashqil etiladi:
Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;
Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;
Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;
2-topshiriq. Sinkveyn sxemasi: 1–qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to‘g‘risidagi 3 ta fe’l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to‘g‘risidagi 4 so‘zdan iborat so‘z birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.
3-topshiriq. Insert usuli Samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib o‘rganishga yordam beradi. Bunda ma’ro`za mavzulari kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi.Uni o‘qib chiqib «V; +; -; ?» belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
(V)- Men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+)- YAngi ma’lumot
(-)-Men bilgan narsaga zid.
(?)-Meni o‘ylantirdi.Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
2-o’quv topshiriq FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring