O’qituvchi: B. Umarov Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Tibbiyot va bolalar psixologiyasi



Yüklə 3,94 Mb.
səhifə2/4
tarix26.11.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#136041
1   2   3   4
Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.
Tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarni oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustaxkamlash haqidagi fan
Tibbiyot va psixologiyaning o’zaro hamkorligi natijasida psixosomatika-psixologik omillarning salomatlikka kasalliklar kelib chiqishiga ta’sirini o’rganadi.
Bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning manbai psixologik xaraktirga egadir.
Masalan, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bronxial astma bilan og’rigan kasallarning ko’pchiligida bolaligidan ota-onalari his tuyg’ularni erkin ifodalash, tashabbus ko’rsatish imkoniyatini chigaralaganlar.
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Umumiy psixologiya-umumiy psixologik qonuniyatlarni, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, mitodlarni o’rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlaridir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va operatsiyalari haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi.
Bolalar psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishi, uning qanday rivojlanishini o’rganadi. Bunda u, umumiy psixologiyadagi qarashlarga tayanadi,uning metodi va kategoriyalaridan foydalanadi.
Ijtimoti psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Ijtimotipsixologiya – psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning ijtimoiy guruhlarning o’zini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyotini o’rganar ekan albatta, bolalar guruhi bu guruhda bolalar o’rtasida amalgam oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda qoldirmaydi.
Bolalar psixologiyasi, ayniqsa bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo’lgan muloqati va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Bolalar psixologiyasi –yosh psixologiyasi fanining bo’limlaridan biridir. Yosh psixologiyasi, shu jumladan bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik hodisalarning o’zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog’liq ravishda o’zgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixolgiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:
a)turli psixofiziologik funkisyalarning yoshga oid me’yorlarini ilmiy jihadan asoslab berish;
b)individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;
c)hayotning turli bosqichlarida insoning real va potentsial imkoniyatlari qanday bo’lishini aniqlashi;
d)inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushunish va ilmiy bashorat qilish.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin