O’qituvchi faoliyatida pedagogik va kommunikativ qobiliyat


Mustaqil ish uchun topshiriqlar



Yüklə 29,74 Kb.
səhifə3/3
tarix24.01.2023
ölçüsü29,74 Kb.
#122505
1   2   3
O’qituvchi faoliyatida pedagogik va kommunikativ qobiliyat

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1- topshiriq: O’quvchilar o’qituvchidagi qanday sifatlarni ayniqsa qadrlashlarini aniqlashga oid savolnoma tuzing va biror sinfda so’rov o’tkazing. Natijani tahlil qiling.
2- topshiriq: Kelajakda siz o’qitishingiz lozim bo’lgan o’quv darsligidan foydalanib, 2-3 mavzu misolida o’quv predmeti orqali o’quvchilarni qanday kasblar bilan tanishtirish mumkinligini aniqlang. Ushbu topshiriqni bajarishda qo’yidagi sxemadan foydalaning:



Maktab darsligidagi o’quv mavzusi (bo’lim)

O’quvchilarni tanishtirish mumkin bo’lgan kasblar







3- topshiriq:. Insonning kommunikativ imkoniyatlarini aniqlashga oid testlar toping va yechishga harakat qiling, ulardan namunalar keltiring .


4- topshiriq:
Pedagogik masalani yeching:
O’zbek tili o’qituvchisi shunday yozadi : "Oilam yilnomasini yozuvchisi bo’laman" mavzusida 7- sinf o’quvchilar insho yozayapti. Kutilmaganda qo’l ko’tarildi. O’quvchini yoniga keldim. Dilshoda tortinib: "genealogiya daraxti" iborasida "genealogiya" atamasini va uni bizga qaysi tildan o’tib kelganini to’g’ri yozdimmi deb so’rayapti.
Bilaman, Dilshoda bu atamani haqiqatdan ham yozishda qiynalayotgani uchun so’rayotgani yo’q, u har bir baho uchun ortiqcha darajada kuyinadi, o’ziga to’la ishonmaydi, mustaqil ishlashga hali odatlanmacan. Jur’atli emas..."
Ko’rayapman Muhabbat A. ham qandaydir bezovta bo’layapti. Muxabbat -tez hayajonlanadigan qiz, agar u yozganlaridan qoniqmasa, keyingi barcha ishlarini buzib qo’yishi mumkin. Unga o’zim bordim... Muhabbat menga pichirlayapti: daftar chetidagi maydonga o’tib ketibman. So’zni ko’chirish mumkin, u esa bu yerga sig’madi"...
Mana boshqa Muhabbat I. Menga yalinib-yolvorib qarayapti. Bilaman, u ishni a’lo bahoga bajarishga bor kuchini sarflaydi, bu intilishni quvvatlash va rag’batlantirish kerak.
Ashur N. YOzishni tugalladi, ruchkani qo’ydi va dam olayapti, butun sinf esa hali yozayapti. Bilaman: Ashur o’qish kerak bo’lgani uchun o’qiyapti, ishni qancha talab qilsang shuncha bajaradi, yaxshi ishga havasi yo’q baholarga xotirjamlik bilan munosabatda bo’ladi...”
YUqorida bayon qilingan har bir xodisaga o’qituvchi qanday yo’l tutishi kerak?
Yüklə 29,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin