O‘qituvchi Kitobi 5-sinf Tuzuvchi: Kidirova Mahbuba mavzu: Temuriylar muzeyi? (muzey va eksponatlar haqida) Nutqiy mavzuning maqsadi



Yüklə 261,4 Kb.
səhifə1/4
tarix19.11.2023
ölçüsü261,4 Kb.
#133320
  1   2   3   4
KIdirova




O‘qituvchi Kitobi
5-sinf
Tuzuvchi: Kidirova Mahbuba

MAVZU: Temuriylar muzeyi? (muzey va eksponatlar haqida)


Nutqiy mavzuning maqsadi: oʻquvchilar ongida salomatlikka oid til birliklarini faollashtirish; audiomatnni tinglab, ogʻzaki munosabat bildirish; chizma va maʼlumotlarni birlashtirib, matn yoza olish; matnni oʻqib tushunish orqali uni tashkil qilgan komponentlarning anglatayotgan maʼnosi (har bir soʻz, soʻz birikmasi va gap shaklining qanday maʼno tashiyotgani)ni bilish; Berilgan mavzu yuzasidan matn (esse) yozib, soʻzlab berish. Talaffuz va imlo me’yorlari haqida ma’lumotga ega bo’lish.

Ushbu mazuda o‘qib tushinish, tinglab tushinish va boshqa ko‘nikmalar shakllantiriladi.


1-soat


Dars jarayoni
Kirish.
Teatr nima o‘zi? Teatr haqida nimalarni bilasiz?
Mazkur savolga o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishadi. Ulardan teatr haqida to‘liq ma’lumot aytish talab qilinmaydi. Faqatgina o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axbarotlar haqida fikr yuritadilar. Asosiy e’tibor ularning nutqiy saviyasiga, lug‘at boyligi shuningdek, grammatik jihatdan gapni to‘g‘ri shakllantira olishiga qaratiladi.

  1. Kirish savollariga 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

  2. O‘qib tushunishga oid matn.

Matnni o‘qing. Savollarga javob bering.
Matnni o‘qib tushunish va savollarga javob berish uchun 12 daqiqa kerak.

  1. Qoida. Sifat so‘z turkumi

Sifat — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi. Qanday?, qanaqa? So’roqlariga javob bo’ladi. Sifat belgini rang-tus, hajm, shakl-koʻrinish, xususiyatni bildiradi. Shu xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; maza-taʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi, xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi, shakl-koʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi, hajm-oʻlchov bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi.

Yüklə 261,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin