1. Firdavs ertalab turib onasiga ... . 2. Biz ..., onamiz bo- shimizda parvona bo‘ladi. 3. Aziza buvisini ... . 4. Buvijonim mening sochlarimni silab erkalab ... . 5. Onamning allalarini eshitib ... . Bolalar onalari haqida yozgan she’rlarini ingliz tiliga ... .
Bugun 8- mart — Onajonlar bayrami. Bu bayramda hamma dam oladi. Ertalab onam bilan dadam buvijonimni tabriklagani ketishdi. Ukam bilan ikkimiz ular kelgunlaricha, uyimizdagi barcha xonalarni yig‘ishtirdik. Stolga oq dasturxon solib, meva- larni qo‘yib, chiroyli qilib bezatdik. Stol o‘rtasiga guldon qo‘yib, unga bir dasta gul solib qo‘ydik. So‘ngra onajonimizga tabriknoma yozdik:
Aziz onajon!
Biz sizni 8- mart bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizga uzoq umr, sog‘liq va quvonch tilaymiz. Baxtimizga
hamisha sog‘ bo‘ling!
Farzandlaringiz.
Onajonim buni ko‘rib juda xursand bo‘ldilar. Dadam esa: „Barakalla, aqlli ish qilibsizlar“, deb bizni maqtadilar.