-chi -soz -bon -dosh -paz -don -kor
gulchi soatsoz bog‘bon sinfdosh oshpaz qalamdon bunyodkor
Tarbiya, suv, bog‘, sir, darvoza, gul, soat, havas, osh, mu- sobaqa, temir.
-
mashq. Matnlarni o‘qing. Sodda yasama so‘zlarni aniqlab, qo‘- shimchalarning qo‘shilish tartibini tushuntiring.
-
Hammasi ham mayli-ya, Ravshanning kasalxonaga tushib, musobaqaga qatnasha olmay qolgani yomon bo‘ldi-da! Barcha sinfdoshlaridan ajralib qoladigan bo‘ldi. Endi keyingi yil u musobaqaga kimlar bilan boradi-yu, qachon boshqalarga yetib oladi? Hali bir yil bor-a!
-
Shifokor Doniyorning tomog‘ini katta ochib ko‘rdi-da, dedi:
— O‘g‘lim, muzqaymoqni ko‘p yeb qo‘yibsan-ku! Doniyor
oyisiga qaradi-yu, qizarib ketdi. Axir u oyisiga aytmay, muzlat- kichdan muzqaymoq olib yegan edi-da!
-
mashq. Gaplarni o‘qing. Yasama so‘zlarni aniqlab, qo‘shimcha- larning qo‘shilish tartibini tushuntiring.
N a m u n a: kun + lar + im + da
-
Bolalik kunlarimda, uyqusiz tunlarimda ... 2. Kitob—bi- lim manbayi. 3. Men serquyosh O‘zbekiston farzandiman. 4. Dur- 10
dona ruchka va chizg‘ichini qalamdoniga soldi. 5. Maqtanchoq bolani hech kim yoqtirmaydi. 6. Shahrimizdagi yangi bunyod etilgan oromgohni borib ko‘rdik.
-
mashq. Matnnio‘qing. Sodda, qo‘shma, juftso‘zlarnianiqlab, guruhlargabo‘libyozing.
Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda ma- hallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’- lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamas- lahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida joy egallagani bejiz emas. Biz „Mahalla — ham ota, ham ona“ degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz.
(Islom Karimov. „ Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“ asaridan)
-
topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, mazmunini tushuntiring
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. She’rni yod oling. Uyda qanday yumush- larni bajarishingiz haqida so‘zlab bering.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: MAHALLAM.
(So‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi).
Grammatika: O‘quvchilarni So‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, MAHALLAM mavzusi haqida tushuncha berish, So‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi tushuntirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilarga So‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni MAHALLAM mavzusi bilan tanishtirish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Dostları ilə paylaş: |