7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari fe’l bo‘l- magan so‘zlarga ham qo‘shilishi mumkin: bola edi, chiroyli ekan, yettita emish, meniki emas. mashq. Berilgan fe’llarga edi to‘liqsiz fe’lini qo‘shib, 3 ta shaxsda tuslab yozing.
Bormoq, yozmoq, hikoya qilmoq, gapirib bermoq.
N amuna:
I shaxsda II shaxsda III shaxsda
ko ‘rgan edim ko ‘rgan eding ko ‘rgan edilar
mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Edi to‘liqsiz fe’lining qo‘lla- nishini tushuntiring
1. Bu ertakni buvijonim aytib bergan edilar. 2. Ustozimiz bizni hech qachon urishmas edi. 3. Har yili ta’tilda qishloqqa, bo- bomnikiga borar edik. 4. Chet ellik mehmon urf-odatlarimizdan xabardor edi. 5. Ba’zi bolalar kattalarga salom bermas ekan. 6. Bir kalima shirin so‘z qilichni qiniga kiritar ekan. 7. O‘tgan yili Navro‘zda maktabimizda sumalak pishirgan edik. 8. Opamni maqtashsa uyalib ketar edi. topshiriq. Odob-axloq qoidalarini o‘qing, mazmunini tushuntiring.
Odob-axloq qoidalari
Uyqudan turib, yuz-qo‘lini yuvmasdan salom berilmaydi.
Kishilar suhbatlashayotganda xalaqit bermay, odob saqlab turish kerak.
O‘zingizdan kattalarga doimo hurmat ko‘rsating. Ularga bi- rinchi bo‘lib salom bering, yo‘l transportida ketayotganingizda o‘rningizdan turib joy bering, ko‘chadan o‘tishlariga yordam bering.
Yoshi kattalarga „Siz“ deb murojaat qilish kerak.
O‘zingizdan kattalarning gaplarini bo‘lmang, ularning fikr- larini oxirigacha eshitishga o‘rganing. 6- topshiriq. Odob-axloq qoidalari asosida jadvalni to‘ldiring.