Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996- yil 18- oktabrda buyuk Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan ishga tushirildi. Muzey Amir Temur maydonidagi Sohibqiron haykali ro‘parasida joylashgan. Muzeyning ochilishida O‘z- bekiston Respublikasi rahbarlari, xorijiy mehmonlar ham ishti- rok etdilar. Respublikamizda Amir Temur nomi bilan bog‘liq ju- da ko‘p yangi me’morchilik obidalari barpo qilindi. Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarda Amir Temur qurdirgan mad- rasalar ham qaytadan ta’mirlandi. 1996- yil 26- aprelda Amir Temur ordeni ta’sis etildi. Orden tilla qoplangan kumushdan iborat bo‘lib, sakkiz qirrali bo‘rtma yulduz ko‘rinishida. Amir Temurning ulug‘vor qiyofasi kumush rangda tasvirlangan.
Sen o‘qi — Siz o‘qing. Ushbu shaxsda buyruq-istak maylining ko‘plik shakb birlik son o‘rniga qoMlanganda hurmat ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Anvar, endi, о‘qishni siz davom ettiring.