O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə154/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Bilan, uchun, kabi, singari, orqali so‘zlari mustaqil ma’no bildirmaydi va ular ko‘makchilar deb ataladi. Ko‘makchilar mustaqil so‘zlar bilan birga bitta so‘roqqa javob beradi va quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:


So‘rog‘i

Qo‘llanilishi

Ma’nosi

Kim bilan?

ukam bilan

birgalik, vosita

Nima uchun?

musobaqa uchun

sabab, maqsad, atalganlik

Kim singari (kabi)?

ustozim kabi

o‘xshashlik

Nima orqali?

pochta orqali

vosita

  1. mashq. Berilgan gaplar tarkibidagi ko‘makchi so‘zlarni ko‘r- sating va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.







  1. Musobaqa uchun sport anjomlari sotib olindi. 2. G‘oliblarni gullar bilan qarshi oldik. 3. Yaxshi o‘qish uchun qunt bilan tayyorlanish kerak. 4. Qopcha, qopchaning ichida noncha, non- chaning ichida ustuncha (topishmoq: jiyda). 5. Bulutlar borgan sari quyuqlashdi. 6. Tabiatda inson ko‘zi bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda jismlar ham bor. 7. Barno tabassum bilan javob berdi.

  1. mashq. Berilgan savollar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.

(Nima uchun?) sport bilan shug‘ullanish kerak. 2. (Kim bi­lan?) sport to‘garagiga bordik. 3. Har kuni ertalab (nima bilan?) shug‘ullanish insonni sog‘lom qiladi. 4. (Kim singari?) Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish niyatim bor. 5. Vatan dovrug‘ini (nima orqali?) dunyoga tanitish mumkin. 6. Onam (kim uchun?) sport kiyimi sotib oldilar

Foydalanish uchun so‘zlar: ukam uchun, badantarbiya bilan, sport orqali, chempionlar singari, sinfdoshlarim bilan, sog‘lom bo‘lish uchun.

topshiriq. She’riy parchani ifodali o‘qing va ko‘makchilarni aniq- lang

O‘quvchilarni baholash:

Uyga vazifa. Sog‘lom bo‘lish uchun nimalarga e’tibor be- rish kerak? So‘zlab bering.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________


Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: SPORT — SALOMATLIK GAROVI

(Ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi).
Grammatika: O‘quvchilarni ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.

Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, SPORT — SALOMATLIK GAROVI

haqida tushuncha berish, Ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi tushuntirish.



a) ta’limiy: O‘quvchilarga Ko‘makchilar, ularning qo‘llanishi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.

b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni SPORT — SALOMATLIK GAROVI bilan tanishtirish.

s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish



Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya;kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyas

Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)

Dars turi: An’anaviy

Dars jihozi: Darslik kitob, tarqatma material.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi, “BBB” usuli, “Men jurnalist” usuli

Dars rejasi: 1. Salomlashish va davomatni aniqlash .3 daqiqa

2. uyga vazifa so‘rash 7 daqiqa

3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa

4. Grammatik qoida bilan tanishtirish. 5 daqiqa

5. . Mustahkamlash: 15 daqiqa

6. Darsni yakunlash, o‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa 5 daqiqa




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin