O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə155/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Yangi mavzu bayoni:

- topshiriq.Berilgan rasmlar va tayanch so‘z, so‘z birikmalari asosida o‘zaro suhbatlashing

Tayanch so‘z va so‘z birikmalari: kuchlilar sporti, charm qo‘lqop ustasi, ringga chiqmoq, chaqqonlik, qiziqarli o‘yin, ommaviy sport turi, hayajonli damlar, g‘oliblik nashidasi, havas qilaman, O‘zbekiston chempioni.

  1. mashq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

Go‘zallik, salomatlik va sport

Har bir inson go‘zal bo‘lishni xohlaydi. Buning uchun, av- valo, sog‘lom bo‘lish kerak. Kelishgan qad-qomatli bo‘lish, yengil va ravon qadam tashlash go‘zallikning muhim belgilaridir. Yengil va chiroyli qadam tashlashga o‘rganish uchun xoda ustida yurishni, boshda yuk ko‘tarib gavdani tik tutishni mashq qilish kerak. Sportning yengil atletika, suzish turlari, raqs mashqlari ham qomatni chiroyli qilishga yordam beradi. Sportning boks, kurash turlari esa kuchli bo‘lishga; futbol, voleybol, karate kabi turlari epchil, chaqqon bo‘lishga yordam beradi.

Piyoda ko‘p yuring, yuguring, suzing, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullaning, shunda siz sog‘lom va go‘zal bo‘lasiz.

Bilib oling!

Haqida, to‘g‘risida, ustida, yonida, tomon, keyin, orqali, uchun, so‘ng, awal, ilgari, burun kabi so‘zlar ham ko‘niakchi vazifasida keladi.

Ко‘make hilar kelishiklarga o‘xshash vazifalarni ba- jaradi. Ayrim hollarda ko‘niakchilar kelishik qo‘shim- chalari bilan birga yoki ularning o‘rniga qo‘llanishi mumkin. Masalan:

Kitoblarni ukamga oldim.Kitoblarni ukam uchun oldim.

Darsdan keyin sinf yig ‘ilishi bo ‘ladi.

  1. mashq. Birinchi qatorda berilgan so‘zlarni ikkinchi qatordagi ko‘makchilar bilan bog‘lab yozing.

Namuna: Dars boshlanishi bilan

Kitob, kelgusi orzularim, javon, maktabimiz, mashg‘ulot- dan, kun, har yildagi, tinchlik.

Haqida, to‘g‘risida, kabi, yonida, ichida, tomon, keyin, avval, uchun, sayin.

  1. mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi kelishik qo‘shimchalarini uchun, orqali ko‘makchilari bilan almashtirib gaplarni ko‘chiring.

1. Stadionga shu yo‘ldan boriladi. 2. Maktabimizga yangi sport anjomlari olindi. 3. U murabbiyi bilan telefonda gaplashdi. 4. Ten­nis musobaqasiga hakamlar tanlandi. 5. Bu xushxabarni tele- vizordan eshitdik. 6. Suv sporti insonga juda foydali. 7. Sportchiga temir iroda suv va havodek zarur.

Sport, sport, sport!




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin