N a m u n a: 1. Yig‘ilishga sen kechikib kelding. — Yig‘ilishga faqat sen kechikib kelding. — Yig‘ilishga yolg‘iz sen kechikding. — Yig‘i- lishga faqat sengina kechikding.
1. Yig‘ilishga sen kechikib kelding. 2. Sen o‘rtoqlaringni, meni, ustozlaringni hurmat qilmay qo‘yding. 3. Bolaginam juda odob- li, — deb erkaladi onasi. 4. Yugurish musobaqasiga Ahmad qatnashmadi. mashq.Nuqtalar o‘rniga -gina, -kina, -qina qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. „Kim eng chaqqon?“ musobaqasiga do‘stim Anvar... qatnashmadi. 2. Dengizda sodir bo‘lgan falokatdan irmoq bo‘ylab suzib borayotgan mitti baliq... xabarsiz edi. 3. Qahramonlar haqidagi ertaklarda... bunday voqealar sodir bo‘ladi. 4. Yolg‘iz osmon... uning arz-dodiga quloq solayotgandek edi. 5. Orzular qanotida uchib borayotgan shahzodaning boshiga... bu baxt qushi qo‘nadi. mashq. Tengdoshingiz yozgan insho mazmuni bilan tanishing va o‘zingiz yoqtirgan kasb haqida o‘zaro suhbatlashing.
Qo‘shnim Muxlisa o‘tgan yili 9- sinfni bitirdi. U hozir tibbiyot kasb-hunar kollejida o‘qiydi. U tanlagan kasbi haqida shunday dedi: „Tibbiyot kollejiga kirganimdan juda xursandman. 5 — 6 yoshimda „doktor-doktor“ o‘yinini yaxshi ko‘rardim. Bu o‘yinda men har doim „doktor opa“ bo‘lar edim. O‘sha vaqtdayoq shifokor bo‘laman deb orzu qilganman.
Shifokorning „Oppoq qizim, dorini ichsang tuzalib keta- san“, degan muloyim gapini eshitganimda sevinib ketar edim. Keyinroq bu kasbni nima uchun yoqtirganligim haqida o‘ylay boshladim. Shifokorlik qiyin, biroq juda sharafli kasb. Shifokorlar insonlarni davolaydilar, ularning sog‘lig‘i haqida qayg‘uradilar, umrlarini uzaytirishga yordam beradilar“.
O‘z maqsadi sari astoydil intilayotgan Muxlisaga havasim keldi. Unga o‘xshab men ham o‘z orzumga erishish uchun astoydil harakat qilmoqchiman. Kelajakda yaxshi arxitektor bo‘lib