7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Yangi mavzu bayoni:
mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor bering.
Maktabga birinchi kelgan kunimni tez-tez eslayman. O‘qi- tuvchimiz bizni kutib olib, bir qator qilib sinfga olib kirganlar. Keyin bo‘yimizga qarab, partaga ikkitadan o‘tqazganlar. Ular qo‘l- larimizni parta ustiga qo‘yib o‘tirishga, yonimizda o‘tirgan do‘s- timizga xalaqit bermaslikka o‘rgatganlar. Dars vaqtida orqadagi va oldingi partalarda o‘tirganlar bilan gaplashishga sira ruxsat ber- mas edilar. Papkalarimiz parta tagida, kitob-daftarimiz parta usti- da turar edi. Shu tartib-intizomga hali-hali rioya qilaman.
Bilib oling!
0‘zbek tilida qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda ajratib yoziladi Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma so‘zlar: Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo.
Ikki fe’ldan yasalgan qo‘shma fe’llar: chiqarib olmoq, borib kelmoq.
Fe’lbo‘lmaganso‘zgafe’lningqo‘shilishidanyasalganqo‘shmafe’llar: yodolmoq, kasalbo‘lmoq mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozi- lishiga ko‘ra 2 guruhga ajratib yozing.
Sirdaryo, boshyalang, hamma vaqt, har kim, umumxalq, xushfe’l, ommabop, kamhosil, makkajo‘xori, tinchliksevar. mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma so‘zlarni aniqlang va yozi- lishini izohlang.
1. O‘zbekiston bayrog‘idagi havorang musaffo osmon va bar- qaror tinchlik ramzidir. 2. Respublikamizda har kim bilim olish huquqiga ega. 3. Xalqimiz tinchliksevar va mehnatsevar xalq. Mehmondo‘st o‘zbek xalqi hamisha millatlararo totuvlikni ulug‘- laydi. 5. Maktabimiz Yunusobod tumanida joylashgan. 6. O‘zbe- kiston tog‘larida shifobaxsh o‘simliklar juda ko‘p. mashq. Matnni o‘qing, qo‘shma so‘zlarning yozilishini tushuntiring.
Mening birinchi ustozim quyidagi so‘zlarni takror-takror ay- tar edilar: „Takrorlash — bilimlarning onasi. Chiroyli yozish uchun qayta-qayta yozib mashq qilish kerak. She’r yodlashda ham shunday. She’r satrlarini bir necha marta o‘qib, so‘ng yoddan qayta-qayta takrorlash kerak. Kimki bunday mashq qilishga erinsa, hech narsani o‘rgana olmaydi“.
Siz ham ustozingiz, ota-onangiz takror va takror aytadigan o‘gitlarini esingizda tutasizmi? Birinchi ustozingiz kim edi? Ularning qaysi o‘gitlari xoti- rangizda saqlanib qolgan?
„Inson uchun birinchi ustoz ota-ona hisoblanadi“ degan gapning mazmunini tushuntirib bering.