Sanjar: Sen yangi favvoralarni borib ko‘rdingmi?
Anvar: Qaysi favvoralarni aytyapsan, Toshkentda favvoralar ko‘p-ku?!
Sanjar: „Ma’rifat markazi“ning yonidagi favvoralarni.
Anvar: Ha. Ularning kamalakdek 7 xil rangda harakatlanishi hammani zavqlantiradi.
Sanjar: Rostdanmi, dadamlarga aytaman, kechqurun biz ham, albatta, borib ko‘ramiz.
3-mashq. Berilgan so‘zlardan gaplar tuzing. So‘ng ularni ketma- ketlikda joylashtirib matn tuzing.
Shahar, turar joy, zamonaviy, binolar, qurilmoq, juda ko‘p.
Bu yil, sport majmuasi, yangi, bunyod etilmoq, shahar.
Biz, juda, o‘z, shahar, yaxshi ko‘rmoq.
Ona, men, o‘z, faxrlanmoq, bilan, shahar.
Ona, va, shahar, obod, yildan yilga, go‘zal, bo‘lmoq.
topshiriq. Berilgan javoblarga mos savollar tuzing.
— ... ?
— Toshkentdagi eng katta sport majmuasi „Bunyodkor“ deb nomlanadi.
— ... ?
— „Bunyodkor“ stadioni 34 ming o‘ringa mo‘ljallangan.
— ... ?
— Sport majmuasida bolalar va o‘smirlar futbol maktabi ham ochilgan.
4- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing.
Toshkentim
Tinchlik, do‘stlik, shon shahri,
Toshkent, azizim — onam.
Ko‘rkam favvoralarga Mahliyo butun olam.
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. Shahringizda qurilgan yangi inshootlar haqida ma’lumot bering.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: POYTAXTIM - FAXRIM.
(So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda yasama so‘zlar).
Grammatika: O‘quvchilarni so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, sodda yasama so‘zlar bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, Poytaxtim - faxrim mavzusi haqida tushuncha berish, so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari va sodda yasama so‘zlarni tushuntirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilarni so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, sodda yasama so‘zlar bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, sodda yasama so‘zlar bilan tanishtirish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Dostları ilə paylaş: |