Mustahkamlash:
3- topshiriq. O‘qing. O‘simliklar haqidagi foydali ma’lumotlarni bilib oling.
Tutatilgan isiriq hidi zararli mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega. U griðp va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Bir tup qora qayin 1 soatda 1 kg 700 gramm kislorod ishlab chiqaradi. Bu 64 kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Jiyda oziqa manbayi hamda o‘tkir hidli dorivor o‘simlikdir. Jiydasiz bog‘lardagi daraxtlar turli kasalliklarga chalinib nobud bo‘ladi. Shuning uchun jiydani sanitar daraxt deyishadi.
8- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan sifatlardan mosini qo‘yib yozing.
1. ... tog‘larni ko‘rsang, bahri diling ochiladi. 2. Tog‘lardagi ... so‘qmoq yo‘llardan yurish oson emas. 3. ... hududlarda do‘lana, pista, bodom kabi daraxtlar o‘sadi. 4. Keksalar tog‘lardagi ... o‘simliklardan ... dori tayyorlashni bilishadi. 5. Men ... hikoyalar yozib turaman. 6. Ilgarigi ... ko‘chalar o‘rniga ... ko‘chalar, ... ko‘priklar barpo etildi.
Foydalanish uchun so‘zlar: tog‘li, mustahkam, kichikkichik, qing‘ir-qiyshiq, shifobaxsh, baland-baland, turli-tuman, egribugri, keng.
Dostları ilə paylaş: |