O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə67/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Adabiy o‘qish. Nozimaning guli

Nozimaga tug‘ilgan kunida tuvakda gul sovg‘a qilishdi. U gulni avaylab parvarishladi. Tuvakdagi gul kundan kunga bo‘y cho‘zib o‘sdi, lekin gullashidan darak bo‘lmadi. — Uni tashlab yuborish kerak, — dedi onasi, — na chiroyi, na foydasi bor. Nozima gulini tashlab yuborgisi kelmadi. Kunlarning birida Nozima kasal bo‘lib qoldi. Nozimani bir qancha shifokorlarga

ko‘rsatishsa ham tuzalib ketmadi. Bir kuni shifokorlardan biri Nozimani tekshirib ko‘rib shunday dedi: — Qizingizga bir o‘simlik davo bo‘lishi mumkin. Lekin uni topish juda mushkul. Bu gulning barglari ko‘rimsiz bo‘lib, tikanlar bilan qoplangan. — Oyijon! — dedi Nozima, — axir u mening gulim-ku! Shifokor gulni ko‘rib: — Men ana shu gulni aytayotgan edim. Uning barglarini qaynatib, qizingizga ichirasiz. U tez kunda tuzalib ketadi, — dedi. — Men esa uni xunuk deb tashlab yubormoqchi edim, — dedi onasi. Oradan bir necha kun o‘tibdi. Gul bargidan tayyorlangan shifobaxsh damlamani ichgan Nozima batamom tuzalib ketibdi. — Men gulimni nobud bo‘lishidan asragandim, u ham menga kasallikdan shifo topishimda yordam berdi, — debdi Nozima. Shundan keyin onasi ham Nozima bilan birga ushbu shifobaxsh gulni parvarishlab, uni ko‘paytirishibdi.

(„Onamning hikoyalari“ kitobidan)

Topshiriq: Hikoyani o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:



  1. Qaysi o‘simliklar shifobaxsh o‘simliklar hisoblanadi? 2. O‘zbekiston hududida qanday shifobaxsh o‘simliklar o‘sadi? 3. Nima uchun dorivor o‘simliklar boshqa dori-darmonlarga qaraganda afzalliklarga ega? 4. Qo‘shma va juft sifatlarga misollar keltiring.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin