Sodda so‘zlar tub yoki yasama bo‘lishi mumkin. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lmagan so‘z- lar sodda tub so‘zlar hisoblanadi. Masalan: anhor, terak, mahalla, ko‘chalar, uyim, bormoq.
6- mashq. Gaplarni o‘qing. Sodda tub so‘zlarni aniqlang. Biz kutubxonachiga yordam berdik. 2. Bog‘bon har bir da- raxtni mehr bilan parvarish qiladi. 3. Zarb bilan tepilgan to‘pni darvozabon mohirlik bilan ushlab qoldi. 4. U sovg‘a qilingan gul- larni guldonga solib qo‘ydi. 5. Eski shaharda hunarmandlar rastasi joylashgan. 6. Avaz duradgor va temirchi ustalarning ishlarini diq- qat bilan kuzatdi. topshiriq. Guruhlarga bo‘lining va „Kim ko‘p biladi?“ o‘yinini tashkil qiling. O‘yin topshirig‘iga ko‘ra har bir guruh shahri (qish- log‘i)dagi yangi inshootlar haqida ma’lumot berishi kerak.
Adabiy o‘qish Bobo va nabira
Bobo nabirasini yetaklab shahar aylandi.
Voybo‘, bobojon, bunday katta uyni birinchi ko‘rishim.
BubinoXalqaroanjumanlarsaroyibo‘lib, undaxalqaroanjumanlar, konferensiyalaro‘tkaziladi. Mana bu Toshkent ku- rantlari deb nom olgan egizak binolar esa dunyoda yagona hi- soblanadi
Topshiriq. Hikoyani o‘qing va mazmunini so‘zlab bering
Bobo barpo etilayotgan ko‘rkam binolar bilan nabirasini ta- nishtirar ekan, bunday ezgu ishlarning barchasi inson uchun, yurt ravnaqi, taraqqiyoti uchun ekanligini ta’kidladi.
Alisher bobosining so‘zlarini diqqat bilan tingladi va: