O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə95/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Yangi mavzu bayoni:

Haykal



Toshkentning keng ko‘chasiga, Gavjum yo‘lning chekkasiga Qo‘yilgandir baland haykal,

Bu — Navoiy, shoir bobom. Atrof go‘zal, keng xiyobon.

She’r bog‘ida go‘yo bog‘bon. Qo‘llarida qalin devon,

Bu — Navoiy, shoir bobom.

(Po‘lat Mo‘min)

  1. topshiriq. She’mi o‘qing. Rasm va she’r asosida suhbatlashing.

  1. mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan gap mazmunini tu- shuntiring.

O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri bu Ali­sher Navoiy bobomizdir. Alisher Navoiy milliy adabiyotimiz- ning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Olamda turkiy yoki forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu zotni avliyo desak, u av- liyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mu- tafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

(Islom Karimov, Yuksak ma’naviyatyengilmas kuch“ )

Bilib oling!

Ish-harakat va holatni bildirib, nima qildi? nima qi- ladi? nima qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar fe’l deyiladi. Fe’llaming bosh shakli -moq qo‘- shimchasi bilan hosil qilinadi. Masalan:

sodda qo‘shma juft



tiniqlashmoq borib kelmoq aytdi-qo‘ydi

o‘qimoq taijima qilmoq yozdi-oldi

  1. mashq. Berilgan fe’llardan foydalanib, fe’llaming bosh shaklini hosil qiling.

N a m u n a : Yaratyaratmoq, ...

Ayt, o‘yla, tushun, yod ol, yarat, tarqat, ishla, tik, bunyod et, ixtiro qil, g‘olib bo‘l, qur, aytib ber, dam ol, tozala.

  1. mashq. 2- mashqdagi fe’llarni sodda va qo‘shma fe’llarga ajratgan holda 2 guruhga bo‘lib ko‘chiring.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin