To‘liqsiz fe’llar
|
Misollar
|
Ma’nosi
|
edi
|
Buvim ko‘k somsani yaxshi tayyorlar edilar.
|
aniq
|
ekan
|
Doniyor bayramga atab tabiat manzarasini chizgan ekan.
|
noaniq
|
emish
|
Aytishlaricha, ertaga yomg‘ir yog‘ar emish.
|
noaniq
|
emas
|
U sumalakni tayyorlash jarayonini ko‘r- gan emas.
|
inkor
|
mashq. Gaplarni o‘qing. To‘liqsiz fe’llarning qo‘llanishi va ma’nolarini tushuntiring.
Navro‘z ilgari bunday keng nishonlanmas edi. 2. Ay- tishlaricha, sumalak azaldan suv, bug‘doy va undan tayyorlangan ekan. 3. Ustozimiz bizni lola sayliga taklif etgan edi. 4. Uyimizga tez borishim kerak, mehmon kelar emish. 5. Azizbek ukasini doim o‘zi bilan olib yurar ekan. 6. Ertaga bobomni ko‘rgani borar ekanmiz.
mashq. Nuqtalar o‘rniga edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’l- laridan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
Zargar yosh, iste’dodli yigit ... . 2. Usta ancha keksayib qolgan bo‘lsa ham, hali ancha baquvvat ... . 3. Maktabimizning binosi eskiroq, biroq yaxshi ta’mirlangan ... . 4. Binolar juda qadimiy, biroq hali ham o‘z tarovatini yo‘qotmagan ... . 5. Da- dam har yili Navro‘zda ko‘chat ekar ... . 6. Ertaga maktabi- mizda hashar bo‘lar ... . 7. Navro‘zda sumalakni to‘yib yeganlar yil bo‘yi kasal bo‘lmas
Ravshan: Navro‘z tarixi haqida eshitganmisan?
Sanjar: Ha, Navro‘z sharq xalqlarining qadimiy bay- rami.
Ravshan: Nima uchun Navro‘z qadimda „Yilboshi“ deb atalgan?
Sanjar: Chunki tabiat uyg‘onadi, urug‘ ekiladi, daraxt- lar yangi kurtak chiqaradi.
Ravshan: ... .
topshiriq. Guruhlarga bo‘lining. Har bir guruh berilgan mavzu- lar bo‘yicha so‘zlab bering.
1-guruh: sumalak pishirish haqida; 2-guruh: bayram tanta- nalari haqida; 3- guruh: hashar haqida.
Adabiy o‘qish
Yilboshi
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. „Navro‘z taassurotlari“ haqida so‘zlab bering
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: MILLIY URF - ODATLARIMIZ
(To‘liqsiz fe’llar, ularning shakllari).
Grammatika: O‘quvchilarni to‘liqsiz fe’llar, ularning shakllaribilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish,MILLIY URF- ODATLARIMIZ mavzusi haqida tushuncha berish,To‘liqsiz fe’llar, ularning shakllaritushuntirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilarga To‘liqsiz fe’llar, ularning shakllari bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni MILLIY URF- ODATLARIMIZ mavzusi bilan tanishtirish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Dostları ilə paylaş: |