7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Yangi mavzu bayoni:
mashq. Matnni o‘qing va shu mavzuda suhbatlashing. Emas to‘liqsiz fe’lining qo‘llanishiga e’tibor bering.
Xushmuomalalik nima?
Xushmuomalalik — eng avvalo shirinso‘zlikdir. „Shirin so‘z shakardan shirin“, „Shirin oshing bo‘lmasa ham, shirin so‘zing bo‘lsin“, deydi dono xalqimiz.
Shirinso‘zlikda birovga murojaat qilganda, gap: „Marhamat qilib, ...“, „Agar malol kelmasa ...“ kabi iboralar bilan bosh- lanadi. Bu bilan murojaat qilinayotgan kishiga hurmat ko‘rsatiladi. Katta-kichikni sizlab gapirish, qariyalarga „Otaxon ...“, do‘st-bi- rodarlarga yoshiga qarab „Aka, opa, Axrorjon ..., Lobarxon ...“ deb murojaat qilish ham shirinso‘zlik belgisi.
Senlab gapirish odatimizga xos emas. Tanish-notanish odamlarga senlab murojaat qilish yaxshi emas.
Bilib oling!
shaxs
shaxs
shaxs
edim (edik) eding (edingiz) edi (edilar)
Edito‘liqsiz fe’li -r(-ar), -gan qo‘shimchali fe’l- larga qo‘shilib kelganda, birlik va ko‘plik sondagi 3 ta shaxs shaklida tuslanib keladi. Masalan: