7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Yangi mavzu bayoni:
topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing va davom ettiring.
O‘qituvchi: Bobomiz Amir Temur haqida so‘zlab bering
Azizbek: Amir Temur 1336- yilda Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — Muhammad Tarag‘ay, onasining ismi — Takina Moh begim bo‘lgan. Temurbek yetti yoshida maktabga borgan. Zehni o‘tkir, odobli bola bo‘lgan. Bir o‘qigan narsasini darhol yodlab olgan.
G‘ayrat: Amir Temur harbiy san’atni ham yaxshi bil- gan va yagona markazlashgan davlat tuzgan.
Bahrom: Amir Temur hukmronlik yillarida Samar- qandda juda ko‘p inshootlarni, Shahrisabzda Oqsaroy qasrini qurdirgan.
Komila: Bobomiz Bog‘i Baland, Bog‘i Behisht, Bog‘i Davlatobod, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Jahonnamo, Bog‘i Maydon, Bog‘i Nav, Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol deb nomlangan bog‘lar yaratgan
Buyruq-istak maylidagi fe’llarning bo‘lishsiz shakli barcha fe’llarga -ma qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan: ketmay — ketmaylik, bormay — bormaylik.
Birlik Ko‘plik
aytmaylik
aytmang
aytmasinlar
shaxs aytmay
shaxs aytma
shaxs aytmasin mashq. Berilgan fe’llarni I shaxs buyruq-istak maylining bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarini yozing.
Namuna: Bajarmoq: bajaray, bajarmay.
Javob bermoq, qatnashmoq, bo‘yamoq, o‘rganmoq, tay- yorlamoq. mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarni bo‘lishli shaklga aylantirib yozing.
1. Men Navro‘z bellashuvlarida ishtirok etmay. 2. Biz lola sayliga bormaylik. 3. Ko‘chat ekishda qatnashmay. 4. Qo‘ni-qo‘sh- nilarga sumalakni men tarqatmay. 5. Bu daraxtlarni oqlamaylik. Bayram tadbiriga bu qo‘shiqni kiritmaylik. 7. Bahrom bu ishni bajarmasin.