O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə148/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Yangi mavzu bayoni:

topshiriq. Rasm va berilgan savollar asosida o‘zaro suhbatlashing.

  • Ayting-chi, rasmda nimalar tasvirlangan?

  • Orol fojiasi“ deganda nimani tushunasiz?

  • Orolning shunday holatga kelib qolishining sababi nimada?

  1. mashq. O‘qing. Matndagi fikrga o‘z munosabatingizni bildirgan holda matnni davom ettiring.

Orol

Biz Amudaryo va Sirdaryo suvini keragidan ortiq sarfladik, natijada ularning suvi Orol dengizigacha yetib bormay qoldi. Buning oqibatida shunday katta dengiz quriy boshladi. Orolning qurishi iqlimning o‘zgarishiga, juda ko‘p kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu bizga katta saboq bo‘lishi ke- rakligini va boshqa tabiiy boyliklarimizni ham tejab sarflashimiz zarurligini anglashimiz shart. Faqat suvnigina emas, bizgacha ye­tib kelgan barcha boyliklarni keyingi avlodlargacha yetib borishini ta’minlashimiz kerak. O‘ylab ko‘ring, agar biz ...

  1. mashq. Mustaqil ish. Quyidagi so‘zlarni to‘g‘ri joylashtira ol- sangiz, bir nechta maqol bilan tanishasiz.

  • yaxshi, hechdan, kech, ko‘ra.

  • Ko‘p, yaxshiroq, indamay, ko‘ra, o‘tirganing, gapir- gandan.

  • kuchli, o‘limdan, nomus.

  1. topshiriq. She’rni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.

Ketib qolma, Orolim!

Xasta holing, xasta o‘yga botursan,

Bemajol, bemador, behol yotursan.

Doding bilan dunyoni uyg‘otursan,

Ketib qolma, Orolim!

Oq-u qarosisan qaro ko‘zimning,

Yuzlaringga bosib yashay yuzimni,

Suving qurib, quritmagin izimni,

Ketib qolma, Orolim!Daryolaring kelolmasdan yig‘lar zor,

Senga mador bo‘lolmasdan yig‘lar zor, Baliqlaring ko‘zlarida xitob bor,

Ketib qolma, Orolim!

Qirg‘og‘ingda qovjiragan dalangman, To‘lqinlaring titrog‘iman, nolangman,

Men ham bitta qaqshab qolgan bolangman, Ketib qolma, Orolim!

(Muhammad Yusuf)


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin