7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz
Yangi mavzu bayoni:
topshiriq. Berilgan rasmlarni tavsiflang va savollarga javob bering. Respublikamizda sportning qaysi turlari rivojiangan?
Bolalar sporti bo‘yicha qanday musobaqalar o‘tkaziladi?
Siz qaysi sport turi bilan shug‘ullanasiz?
1- mashq. Matnni o‘qing. Sport qachon, qayerda, qanday rivoj- langanligi haqidagi ma’lumotlar bilan matnni davom ettiring.
Sport
Sport qadimdan inson hayotida muhim o‘rin tutgan. Qadimgi Misrda sportning ayrim turlari 4 ming yil avval mavjud bo‘l- ganligi haqida ma’lumot bor. Qadimgi Sharqda hatto ayollarning har tomonlama bilimli, kuchli bo‘lib yetishishlariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Har bir davlat boshlig‘i, albatta, yetakchi sarkarda bo‘lishi ham shart hisoblangan. Tarixda o‘chmas iz qoldirgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Boburlar shunday hukmdorlar edilar.