O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə168/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

O‘qituvchi: Bolalar, ertadan yozgi ta’til boshlanadi. Kim qayerda dam olmoqchi?

Karim: Men qishloqqa, tog‘amlarnikiga ketaman. U yerda tog‘am bilan yaylovda qo‘y-qo‘zilarga qaraymiz. Keng yaylovda dam olish menga juda yoqadi.

Bahodir: Biz keyingi haftadan tog‘ga dam olishga ket- yapmiz. U yerda katta soy bor, mazza qilib cho‘milaman.

Lobar: Biznikida qurilish ketyapti. Men ta’tilning birinchi oyida uy ishlariga yordam beraman. Ishlar tugagandan so‘ng dala hovlimizga ketamiz.

Men esa ...

  1. mashq. Matnni o‘qing va so‘zlab bering


Oq yo‘l!

Erta tong. Maktab hovlisiga o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota- onalar yig‘ilishgan. Yelkalariga safar xaltalarini osib olgan bola- larning chehralaridan ularning qanchalik xursandliklarini sezib olish qiyin emas. Ota-onalari ularga yo‘l qoidalarini, dam olish oromgohida o‘zlarini to‘g‘ri tutishga oid axloq-odob qoidalarini tushuntirish bilan band.

Maktab oldiga katta avtobus kelib to‘xtadi. Bolalar birin-ketin avtobusga chiqib o‘tirdilar. Safar xaltalarini joyladilar. Avtobus qo‘zg‘aldi. Sershovqin shahar ortda qoldi. Oldinda ularni viqorli tog‘lar, sho‘x soylar, quvnoq sarguzashtlar kutmoqda. Ham- mangizga oq yo‘l tilaymiz!

  1. Gul bog‘larga boraylik, Keling, do‘stlar, kuylaylik

  2. .O‘quvchilarni baholash:

Uyga vazifa. She’rni yod oling.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin