O‘qituvchi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə26/172
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#113296
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   172
7-sinf O'zbek tili - Konspekt (2018-2019) @sadikov uz

Yangi mavzu bayoni:

  1. mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor bering.

Maktabga birinchi kelgan kunimni tez-tez eslayman. O‘qi- tuvchimiz bizni kutib olib, bir qator qilib sinfga olib kirganlar. Keyin bo‘yimizga qarab, partaga ikkitadan o‘tqazganlar. Ular qo‘l- larimizni parta ustiga qo‘yib o‘tirishga, yonimizda o‘tirgan do‘s- timizga xalaqit bermaslikka o‘rgatganlar. Dars vaqtida orqadagi va oldingi partalarda o‘tirganlar bilan gaplashishga sira ruxsat ber- mas edilar. Papkalarimiz parta tagida, kitob-daftarimiz parta usti- da turar edi. Shu tartib-intizomga hali-hali rioya qilaman.

Bilib oling!

0‘zbek tilida qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda ajratib yoziladi

  1. Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma so‘zlar: Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo.

  2. Ikki fe’ldan yasalgan qo‘shma fe’llar: chiqarib olmoq, borib kelmoq.

Fe’lbo‘lmaganso‘zgafe’lningqo‘shilishidanyasal­ganqo‘shmafe’llar: yodolmoq, kasalbo‘lmoq

  1. mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozi- lishiga ko‘ra 2 guruhga ajratib yozing.

Sirdaryo, boshyalang, hamma vaqt, har kim, umumxalq, xushfe’l, ommabop, kamhosil, makkajo‘xori, tinchliksevar.

  1. mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma so‘zlarni aniqlang va yozi- lishini izohlang.

1. O‘zbekiston bayrog‘idagi havorang musaffo osmon va bar- qaror tinchlik ramzidir. 2. Respublikamizda har kim bilim olish huquqiga ega. 3. Xalqimiz tinchliksevar va mehnatsevar xalq.

  1. Mehmondo‘st o‘zbek xalqi hamisha millatlararo totuvlikni ulug‘- laydi. 5. Maktabimiz Yunusobod tumanida joylashgan. 6. O‘zbe- kiston tog‘larida shifobaxsh o‘simliklar juda ko‘p.

  1. mashq. Matnni o‘qing, qo‘shma so‘zlarning yozilishini tushuntiring.

Mening birinchi ustozim quyidagi so‘zlarni takror-takror ay- tar edilar: „Takrorlash — bilimlarning onasi. Chiroyli yozish uchun qayta-qayta yozib mashq qilish kerak. She’r yodlashda ham shunday. She’r satrlarini bir necha marta o‘qib, so‘ng yoddan qayta-qayta takrorlash kerak. Kimki bunday mashq qilishga erinsa, hech narsani o‘rgana olmaydi“.

Siz ham ustozingiz, ota-onangiz takror va takror aytadigan o‘gitlarini esingizda tutasizmi?

  1. Birinchi ustozingiz kim edi? Ularning qaysi o‘gitlari xoti- rangizda saqlanib qolgan?

  2. Inson uchun birinchi ustoz ota-ona hisoblanadi“ degan gapning mazmunini tushuntirib bering.

  3. Sodda, qo‘shma, juft so‘zlarga misollar keltiring.

  4. Maktabingizda Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan qanday tadbirlar o‘tkaziladi?



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin