Mustahkamlash:
2- mashq. Maqollarni o‘qing, sifatlarni aniqlab, ma’nosini tushuntiring.
1. Yaxshi-yomon so‘zning boshi — til. 2. Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. 3. To‘g‘ri — o‘zar, egri — to‘zar. 4. Shirin yolg‘ondan achchiq haqiqat yaxshi. 5. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz — do‘stini. 6. Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka — izzatda. 7. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘.
3- mashq. Avval sodda sifatlarni, so‘ng qo‘shma sifatlarni ajratib yozing. So‘ngra qo‘shma sifatlar ishtirokida 5 ta gap tuzing.
Sodda sifatlar: Qo‘shma sifatlar:
Sofdil, aqlli, shifobaxsh, ishchan, foydali, mayin, ertapishar, tezoqar, havorang, ishyoqmas, harakatchan, baland.
4- mashq. She’rlarni o‘qing. Har bir o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlarini daftaringizga namunadagi kabi raqamlab yozib chiqing.
Namuna: Ismaloq quyidagilarga davo bo‘ladi: 1. Qorinni dam qilmaydi. 2. ...
Ismaloq
Hakimlar so‘zidan, aytay, ismaloq Qorinni damlatmas undan yegan chog‘. O‘pka, yurak undan kuch-quvvat olar, Halqum, o‘pka yo‘li qurisa agar.
Bel og‘riqqa agar sabab bo‘lsa qon, Birinchi o‘rinda ho‘l sovuq bo‘lar. Foydadir, ichni ham yumshatar har on, Yog‘ bilan yeyilsa, uni yo‘qotar.
Dostları ilə paylaş: |