Yangi mavzu bayoni: Vatan tuyg‘usi.
Vatan — bu tug‘ilib o‘sgan yurtimiz, tariximiz, madaniyatimiz va elimizdir. Qalbida Vatan tuyg‘usi bor inson Vatanini sevadi. Vatanparvarlik o‘z Vatanini himoya qilish, uni asrabavaylash yo‘lidagi fidoyilikdir. Vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlikdan har bir insonga singdirib borish kerak. Vatan faqat beqiyos boyliklari, go‘zal tabiati va qulay shart-sharoitlari uchungina sevilmaydi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bu haqda shunday deganlar: „Biz o‘z Vatanimizni jonimizdan ortiq sevganimiz kabi, arablar qumlik, issiq cho‘llarini, eskimoslar
shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda sevarlar. Agar sevmasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z Vatanlarini tashlab ketar edilar“
Bilib oling!
Ravishlar fe’lga bog‘lanib kelib, uning belgisini bildiradigan so‘zlardir. Ravishlar tub va yasama bo‘ladi. Masalan: tub ravishlar: avval, tez, juda, darhol, to‘satdan. yasama ravishlar: mardona, qahramonlarcha, navbatsiz, yaxshilab.
Dostları ilə paylaş: |