O‘qituvchining muloqot usullari va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə9/13
tarix18.01.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#113814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9GTYFgUVIAWNr1bQj9RHXQ0a2WKNa1RxLk7lrUDi

Verbal kommunikatsiya - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi - so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta’sir ko`rsatishni xohlaydi. Verbal kommunikatsiya - bu so‘zlashish. Ritorika - notiqlik sana’ti bo‘lib, kishidan chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuzi) ni talab qilgan.

O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki ma’qullamayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha ta’sirchanligi, o‘zi so‘zlab berayotgan mavzuga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.

O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini yuksak darajada faollashtirishga qaratiladi; o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yib, ularni asta-sekin to‘g‘ri javob berishga undaydi, o‘quvchilarning diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. SHuningdek, o‘rinli qochiriq, hazil, engilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o‘quvchilar tez o‘zlashtiradilar.

O‘quvchining nutqi aniq, jonli, talaffuzi jihatidan yorqin, ifodali bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuksonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi chiziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj va loqayd qilib qo‘yadi. Ayrim o‘qituvchilar tez gapirishga moyil bo‘ladilar. Biroq o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun o‘rtacha jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. SHoshqaloqlik materialni o‘zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo‘ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o‘quvchilarning asabini buzadi, toliqtiradi. Tavsiya etilgan nutq texnikasida ma’yor bir daqiqada 60 — 80 so‘zni tashkil etadi. (Novyu pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskie masterstvo. Tashkent, 2005 god, str.65.)

Demak, nutq texnikasi deganimizda nutqni o‘quvchiga etkazishda qo‘llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil bo‘lganidan, uning texnikasi ham ikki xil ko‘rinishdadir:

a) Og‘zaki nutq texnikasi;

b) Yozma nutq texnikasi.


Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin