O‘qituvchining muloqot usullari va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja


Vizual noverbal muloqot bu tur ham yettiga bo‘linadi: kinetika



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə13/13
tarix18.01.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#113814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9GTYFgUVIAWNr1bQj9RHXQ0a2WKNa1RxLk7lrUDi

Vizual noverbal muloqot bu tur ham yettiga bo‘linadi: kinetika (bosh, oyoq, gavda, qo‘l harakati, yurish); gavda tutishi; proksemika (makon va zamonni tashkil qilish -distansiya); ko‘z qarashi; yuz holati; teri reaksiyasi (terlash, qizarish, oqarish); tashqi belgilar (kiyinish, yosh, jinsi, ko‘rinishi, soch turmagi).

  • Akustik noverbal muloqot 2ga bo‘linadi: paralingvistik (ovoz, toni), ekstralingvistik (pauza, kulgu, yo‘tal, uf tortish).

  • Taktil noverbal muloqot: ko‘rishish, teginish, quchoqlashish, o‘pishish.

  • Olfaktor noverbal muloqot: yoqimli va yoqimsiz hidlar, insonning tabiiy va sun’iy hidi.

    Noverbal kommunikatsiya ham verbal kommunikatsiya singari quyidagi vazifalarni bajaradi:

    1. Kommunikativ: muloqot, axborot almashish, aloqa o‘rnatish.

    2. Axborot bilan ta’minlash: bilish, turli ma’lumotlarni yetkazish.

    3. Interfaol: motivatsiya uyg‘otish, biror faoliyatni amalga oshirishga undash.

    4. Anglash: o‘zaro tushunish, bir-birini anglash.

    5. Ekspressiv: emotsiya, holat, kayfiyatni yetkazish.


    O‘zgalar fikriga ta’sir etuvchi (ishontira olish, to‘g‘rilash, fikrni qarama-qarish qo‘yish) muloqot maneralari va ulardan samarali foydalanish

    1-qadam-o‘qituvchi harakatlarining boshlanishi. Keskin javob bermaslik va “Sizning e’tirozlaringiz to‘g‘ri”, “Albatta, men qo‘shilaman” deb javob berishi lozim. Bunday so‘zlarni aytib siz tushunish va to‘la ishonch muhitini yaratasiz.

    2-qadam-suhbatda “ammo”, “lekin” degan bog‘lovchilarni ishlatmaslik lozim, chunki bu so‘zlar tushunmovchilikni keskinlashtiradi.

    3-qadam-isbotlash, vujudga kelgan muammoli vaziyatning mantiqiy tomonini ajratib olish va bunda suhbatdoshning ko‘rsatmalari va ma’lumotlarini asos qilib olish lozim. Bu ko‘rsatmalari va ma’lumotlar suhbatdoshlar manfaatlariga xohlamagan holda tegib ketishini aytish lozim.



    4-qadam-kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir necha mumkin bo‘lgan tadbirlarni taklif qilishi va suhbatdoshning bu boradagi fikrlarini eshitish lozim. Suhbatdosh o‘z fikrlarini aytayotib ancha xursand bo‘ladi, chunki go‘yo u tadbirlarini ishlab chiqilishiga hissasini qo‘shayotgandek.
    Yüklə 96,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin