O‘qituvchining muloqot usullari va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish reja



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə5/13
tarix18.01.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#113814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
9GTYFgUVIAWNr1bQj9RHXQ0a2WKNa1RxLk7lrUDi

6. Javobni uzatish. Shakllantirilgan javob tanlab olingan kanal orqali axborotni uzatganga qaytib uzatiladi va shu bilan kommunikatsion jarayon tugaydi. Hozirgi paytda eng muhim kommunikatsiya vositasi sifatida kompyuterlar xizmat ko‘rsatmoqda. Ular yordamida axborot to‘planadi, dasturlar tuziladi, ma'lumotlar banki hosil qilinadi. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalari uchun o‘ta zarur. 
Axborot almashuv jarayonidagi muammolar

Shuni qayd qilish lozimki, shaxslararo axborot almashuv jarayonida ayrim muammolar tug‘ilishi mumkin. Shunday muammolar turkumiga quyidagilarni qayd qilish mumkin:



  • Idrok qilishdagi ruhiy farq. 

  • Ma'naviy (semantik) to‘siq. 

  • Noverbal imo-ishoralar. 

  • Filtrlash. 

  • Aloqa kanallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi. 

  • Nomaqbul tashkiliy struktura (tarkib). 

Idrok - Kishilar bir xil ma'lumotni o‘zlarining bilim darajalari, hayotiy tajribalari, hissiy tuyg‘ularining turlichaligidan o‘zlaricha turlicha talqin qiladilar va qabul qiladilar. Bu o‘rinda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat muhim rol o‘ynaydi. Bir-biriga ishonch va o‘zaro bir-birini anglash bor joyda axborot ko‘lami kengayadi, ularning aniqligi oshadi, javobgarlik ham bir xilda bo‘ladi.


Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin