O`quv amaliyoti jarayonida texnika xavsizligi qoidalari. Ish boshlanishidan oldin



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/3
tarix22.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#117151
  1   2   3
Техника хавфсизлиги


O`quv amaliyoti jarayonida texnika xavsizligi
qoidalari.

  1. Ish boshlanishidan oldin:

    1. Maxsus kiyimni barcha tugmalari ildirilishi kerak, sochlar maxsus bosh kiyimidan chiqmasligi kerak, kiyim cho`ntagi-da sinadigan va o`tkir uchli narsalar bo`lmasligi shart.

    2. Jihozlarning mahkam o`rnashib turishini tekshirish kerak.

    3. Ishlash uchun zarur bo`lgan jihozlarni yetarligini tekshirish kerak.

    4. Barcha elektr jihozlarini to`g`ri ulanganligi yoki ulanmasdan yurganligini ko`zdan kechirish kerak.

    5. Gaz tarmog`idagi vintel va kranlarni yumshoq bir xilda katta kuch sarflamasdan ochish kerak.

    6. Qovurish va qandolatchilik shkaflarini eshiklar prujinlarini ishchi holatida bo`lishiga e`tibor berish kerak.

  2. Ish paytida:

    1. Agar elektr to`ki urishini, yoki jihozga berilayotgan kuchsiz to`kni sezsangiz o`z rahbaringizga xabar bering.

    2. Ishlab chiqarish jihozlarini qarovsiz qoldirmang.

    3. Jihozlarni ishlatishdan oldin yonida turgan boshqa ishchilarni ogohlantirish kerak.

    4. Jihozlarni elektr tarmog`iga ulanganda qo`llar quruq bo`lishi shart…

    5. Qozonlarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirganda ikki kishi bo`lib harakat qilishi kerak.

    6. Qovurish tovasida yo`gni, jihozni elektr to`qidan ajratgandan so`ng olish kerak

    7. Elektr plitasi, kastryulkasi qopqog`ini ochishda extiyotkorlik bilan o`ziga qarab tortib ochish kerak.

    8. Plita ustidagi idishlarni maxsus tutqich bilan sekin – asta surib olish kerak.

3. Ish tugagandan so`ng:
3.1 Barcha jihozlarni elektr to`kidan uzgandan so`ng tozalab
yuviladi, shu vaqtda to`k ulanish joyiga (ulanmasin insonlar
ishlayapti) degan yozuvlar osib qo`yiladi.

    1. Elektr plita ustlarini tovalarini va qovurish jihozlarini suv bilan sovutish taqiqlanadi.

    2. Elektr va gaz jihozlarini ulangan holatda qoldirish ta`qiqlanadi.

    3. Bug` qozonlarini oziq- ovqat qoldiqlaridan mukammal tozalash kerak.

    4. Barcha yuvilgan idish – tovoqlarni, asboblarni, mayda jihozlarni va qolgan kimyoviy vositalarni maxsus ajratilgan joyga qo`yish kerak.

    5. Qo`lga gletserinli qrem surtish kerak.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin