O‘quv dasturi



Yüklə 158.5 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü158.5 Kb.


O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi

Rеspublikа tа’lim mаrkаzi

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab, maktab-internat hamda ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar uchun o‘qish fanidan uzviylashtirilgan o‘quv reja va dastur
(II-IV sinf)


Toshkent-2011


Mualliflar:

Q. Abdullayeva – nafaqada, pedagogika fanlari

doktori, professor



S.Rahmonbekova - Toshkent viloyati pedagogika

kolleji katta o‘qituvchisi




N. Ahmedova Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i


Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari uchun o‘qish fanidan

o‘quv reja

(2-4-sinflar)





O‘quv fanlari

Sinflar

Haf. s.

Yillik







2

3

4










Davlat ix. soatlar

22

24

24

70

2380

1

Ona tili

4

5

5

14

476

2

Rus tili

2

2

2

6

204

3

Matematika

4*

4*

4*

12

408

4

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

3

102

5

Odobnoma

1

1

1

3

102

6

Musiqa madaniyati

1

1

1

3

102

7

Tasviriy san`at

1

1

1

3

102

8

Mehnat

1

1

1

3

102

9

Jismoniy tarbiya

2

2

2

6

204

Maxsus fanlar

1

O‘qish

5

6

6

17

578

2

Sinfdan tashqari o‘qish

1

1

1

3

102




Jami

6

7

7

20

680

Maktab ixtiyoridagi soatlar

1

Yo‘l harakati qoidalari

0,5

0,5

0,5

1,5

51

2

Salomatlik darslari

0,5

0,5

0,5

1,5

51




Umumiy soatlar

24

26

26

76

2584


O‘quv rejaga tushuntirish xati
Ushbu oq‘uv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta`limni tashkil etish to‘g‘risida»gi 203-sonli, 1999-yil 16-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi »Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga izchil o‘tishni ta`minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli, 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 321-sonli, 2008-yil 7-avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 173-sonli qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Sanitariya qoidalari va me`yorlari» asosida tuzilgan.

O‘quv reja tarkiban davlat va maktab kompenentlaridan iboratdir.

O‘qish fanining nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llay olishni o‘rgatish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni ko‘paytirildi.

Ixtisoslashgan maktablar va O‘qish fani chuqur o‘qitiladigan sinflar uchun mazkur o‘quv rejada davlat va maktab ixtiyoridagi soatlardan:

2-sinflar uchun matematikadan 1 coat va maktab ixtuyoridan 1 soat;

3-sinflar uchun matematikadan 1 soat va maktab ixtuyoridan 1 soat;

4-sinflar uchun matematikadan 1 soat va maktab ixtuyoridan 1 soat olinib, mazkur sinflarda davlat va maktab ixtiuoridan olingan soatlar ixtisoslashtirilgan maktablar va chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarnung boshlang‘ich sinflarida o‘qish fanini o‘qitishga qo‘shib berildi.

O‘qish fani ixtisosligiga yo‘naltirilgan sinflarda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar ikki guruhga ajratib o‘qitilishi mumkin. Biroq, sinflarni guruhlarga bo‘lib o‘qitilishi mahalliy moliya organlari bilan kelishilgan holda hal etiladi.



Ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining O‘qish fanidan o‘quv dasturlarini optimallashtirish yuzasidan sharhlar:
Oliy va o‘rta maxsus ta'limi va Xalq ta'limi vazirliklarning 2010 yil 31 martdagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 134/62-sonli qo‘shma buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruhlari tuzildi va 24ta umumta'lim fanlari o‘quv dasturlari uzviyligi, uzluksizligi ta'minlandi va optimallashtirildi.

Optimallashtirilgan o‘quv dasturlar Oliy va O‘rta maxsus ta'limi va Xalq ta'limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta'lim fanlari hamda Oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi (6/2-sonli) 4/1-sonli Qo‘shma hay'at majlisi qaroriga asosan tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste'dodni yanada kamol toptirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini optimallashtirish maqsadida, Respublika ta'lim markazining 2010 yil 22 sentyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarning o‘quv dasturlarini optimallashtirish to‘g‘risida”gi 62-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

O‘qish fan yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturini optimallashtirish uchun ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga ega amaliyotchi o‘qituvchilari va fan metodistlarni jalb etgan holda ishchi guruhi tuzildi.

Mazkur ishchi guruhi tomonidan o‘qish fanining o‘quv dasturi o‘rganib chiqilib, umumta'lim mussasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari bilan ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining o‘quv dasturlari orasidagi farqlar qiyosiy tahlil qilindi.

O‘qish fanidan jami 7 soat hajmdagi 7ta mavzu optimallashtirildi. Shundan, 5 soatlik 5 ta mavzu murakkabligi va yuqori sinflarda takrorlanganligi sababli dasturdan chiqarildi. 2 soatlik 2 ta mavzu o‘quvchi psixofiziologik yosh xususiyatlariga mos emasligi sababli dasturdan chiqarildi.

Jumladan, 2-sinf o‘quv dasturidagi U. Nosirning «Yur tog‘larga chiqaylik…», hamda T. Yo‘ldoshning «Ha» bilan «Xo‘p» she'rlari o‘quvchi psixofiziologik yosh xususiyatlariga mos emasligi sababli dasturdan chiqarildi.

3-sinf o‘quv dasturidagi E. Vohidovning «O‘zbegim» she'ri va «Rustamxon» hamda «Alpomish» dostonlari birmuncha murakkabligi, yuqori sinflarda o‘rganilishi sababli dasturdan chiqarildi.

4-sinf o‘quv dasturidagi M.Shayxzodaning «Toshkentnoma» asari o‘quv dasturidagi «Hadislardan namunalar» yuqori sinflarda o‘rganilishi sababli dasturdan chiqarildi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2-sinf o‘quv dasturidagi U. Nosirning «Yur tog‘larga chiqaylik…» she'ri o‘rniga Miraziz A'zamning «Nega bizning yurtimizda?» she'ri kiritildi.

2-sinf o‘quv dasturidagi T.Yo‘ldoshning «Ha» bilan «Xo‘p» she'ri o‘rniga Sodiqjon Inoyatovning «Vatan» she'ri kiritildi.

3-sinf o‘quv dasturidagi E. Vohidovning «O‘zbegim» she'ri o‘rniga Miraziz A'zamning «Turkiston qanday nom?» she'ri kiritildi.

3-sinf o‘quv dasturidagi «Rustamxon» hamda «Alpomish» dostonlari murakkabligi bois o‘rganilmaydi. O‘rniga Tursunboy Adashboevning «Oltin yolli tulpor qissasi» kiritildi.

4-sinf o‘quv dasturidagi M.Shayxzodaning «Toshkentnoma» asari o‘rniga Qudrat Hikmatning “Shamol botir» asari kiritildi.

4-sinf o‘quv dasturidagi «Hadislardan namunalar» mavzusi o‘rniga Alisher Navoiyning “Ko‘rlar va fil» asari kiritildi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlari Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2011 yil 4-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining optimallashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146 (27)-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlandi (shunga ko‘ra Xalq ta'limi vazirligi hamda Davlat Test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining namunaviy o‘quv rejalari, dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 296-, 01-387 KB –sonli qo‘shma buyrug‘i bekor qilindi).

Mazkur optimallashtirilgan o‘quv dastur 2011-2012 – o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.


Ishchi guruhi a’zolari:


M.A. Xolxodjayeva




Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

М. Umarova




Mirzo Ulug‘bek tumani XTB metodisti

N. Doniyorova




Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-sonli umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


G. Fayziyeva




Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli umumta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi



O‘quv dasturiga uqtirish xati
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda ta`limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta`lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta`lim standartlari doirasida barchaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi bilan belgilangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur o`rgatiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari” faoliyatini takomillashtirish to`g`risidagi 173-qaroriga asosan boshlang`ich ta`lim tizimidagi 2-4-sinflari uchun iqtidorli bolalar uchun “Ona tili”, “O`qish”, “Matematika” kabi fanlarning maxsus o`quv dasturlari yaratildi. Unda o`quvchilarning o`qish-o`rganish, tafakkur etish faoliyatlarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi.

Boshlang‘ich sinflarning o‘qish o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi. O‘qishga o‘rgatish zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtiriladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida muayyan tasavvur beradi.

O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munocabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘qishdagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lig‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nitqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.

Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash kabi ta’limning didaktik maqsadini ko‘zda tutadi.

O‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish.

2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish.

3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish.

7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.

Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish dasturining mazmuni kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona-Vatanga muhabbat uyg‘otish maqsadiga xizmat qiladi. O‘qish bolalarning lug`at boyitish, nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o`stirish, mustaqil fiklashga o‘rgatish, o`quvchini har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashning muhim omilidir.

O‘qishga o‘rgatishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:


  • boshlang‘ich o‘qish malakalarini (to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishni) takomillashtirish; bolalarning o‘qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarning mohiyatini anglash va undan muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;

  • o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.

  • bolalarda yuksak axloqiy qarashlar va nafosat tuyg‘usini tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish;

Bu vazifalar dasturda belgilab berilgan badiiy asarlar asosida amalga oshiriladi. Har bir sinf o‘qish dasturi quyidagi bo`limlarni o‘z ichiga oladi:

• o‘qish mavzulari va o‘qish ko‘nikmasi ;



O‘qish mavzulari. O‘qish dasturida o`qish mavzulari g‘oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy rivorlantirish tamoyillari asosida tanlanadi va tartiblashtiriladi. O‘quv materiallari bolalarga ta’lim berish va tarbiyalashbilan bog`liq bo‘lgan borliq va jamiyat haqidagi bilimlar va yuksak insoniy munosabatlarni o‘zida aks ettirgan badiiy asarlardir. Badiiy asarlar o‘qish darslarining tub mohiyatini ochishga, o`quvchida kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

O‘tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o‘qish orqali o‘quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi.

Ona yurt daxlsizligi yo‘lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi.

Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturidan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madahiy-ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag‘ishlangan mavzularini o‘rganish o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi.

Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.

2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan vatan, tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.

3- va 4-sinf o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengaydi. Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o‘qishlar o‘qilgan matnlar mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, mavzuga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarni his-hayajon bilan o‘qishga tayyorlashi va asarni to‘g‘ri tushunishga yordam berishi zarur.

Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib rollarga bo‘lib o‘qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim.

Bolalarni o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. Buning uchun o‘quvchi madaniy-maishiy va boshqa sohadagi turli korxonalarga sayohatlar uyushtiradi, tabiat hodisalari yuzasidan kuzatishlarni tashkil etadi.

O‘qish darslarini bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchilarning shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi, kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishdir.

Sinfdan tashqari o‘qish dasturning mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.

O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jaryonida egallaydilar.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.

2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining topshirig‘i va yordami asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar.

3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarning hayoti yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va adabiy asarlar tavsiya etiladi. Jumladan, o‘quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat sahovati, kishilarning o‘zaro mehr-mehabbati tarnnum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko‘rsatilgan axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, tarixiy badialar, istiqlol to‘g‘risidagi ilmiy-ommabop maqolalar bolan tanishtirishga ahamiyat berilgan.

O‘quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashda sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko‘rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, Vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko‘rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro‘yxati o‘quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o‘qishlariga yordam berishi kerak.

Uchinchi sinf kitoblar ko‘rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q. Muhammadiy, Q. Hikmat, P. Mo‘min, G‘. G‘ulom, Z. Diyor, A. Obidjon, T. Yo‘ldosh kabi shoirlarning asarlari tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo‘yicha kartotekalar mavjud bo‘ladi.

To‘rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy adabiyotlar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o‘quvchilar o‘qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning “Nimani o‘qishim kerak?” sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma’lum tartibda tuzilgan ro‘yxati) tuzish tavsiya etiladi.

Ikkinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirish tavsiya qilinadi. Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda kitobxon o‘quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaklar, badiiy o‘qish kabi tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutildi.

Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fan dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida ona tili va to‘g‘ri yozuv, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, tasviriy san’at va musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar o‘qish darslarida foydalaniladi.




O‘QUV DASTURI

О‘qish va nutq o`stirish

II SINF


(haftasiga 6 soat, jami 204 soat)
O‘qish mavzulari:

1.Ona yurtim –oltin beshigim (22 soat)

O‘quvchilarga bizning ona yurtimiz – O‘zbekiston Respublikasi, uning poytaxti Toshkent ekanini, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxandaryo, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy kabi viloyatlari borligi uqtiriladi .

Har kim o‘z ona yurtini sevishi, uning tinch, go‘zal bo‘lishi uchun harakat qilishi o‘quvchilarga hayotiy misollar bilan tushuntiriladi .

O‘zbekiston xaritasidan mamlakatimiz hududi va undagi qadimiy shaharlar bog‘u dalalarda yashagan qadimgi ota- bobolarimiz o‘z ona yurti begona yurt kishilariga mut’e bo‘lmasliklari yo‘lida tinmay kurashib kelganliklari; hozirgi kun haqida vatanimiz go‘zalligi, halqi farovonligi yo‘lida o‘qish va mehnat qilish kerakligi haqida uqtiriladi.



2.Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim- oftobim (19 soat)

O‘quvchilarga maktab muqaddas dargoh, kitob mo‘tabar ekanligi haqida amaliy tushunchalar beriladi. Ularga o‘qituvchi ustoz-murabbiylar ekanligi, u bolalarga bilim chashmalarini ochuvchi ulug‘ va mo‘tabar inson sifatida e’zozlanishi, bilim manbayi – kitobni sevish, ardoqlash, asrash o‘quvchilarning burchi ekanligi, kitoblar ularga ko‘p voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi, shuning uchun ham ular katta boylik deb ta’riflanishi haqidagi bilimlar singdiriladi. O‘quvchilarga shuning uchun ham maktab va kitobni quyoslashga o‘xshatilishi uqtiriladi, kitob o‘qish qoidalariga rioya qilish eslatiladi.



3.Mehnat – baxt keltirar (15 soat)

Mazkur bo‘limdagi matnlar o‘quvchilarda mehnat qilishga, hunar o‘rganishga ixlos qo‘yish kabi xislatlarni tarbiyalaydi. O‘quvchilarga mehnatkash ota-bobolarimizning mehnatdan baxt-saodat topganliklari, o‘lkamizda bog‘-rog‘lar, ekinzorlar yaratganliklari, ularning faol mehnatlari haqidagi lavhalar tavsiya etiladi.Ular mehnat haqidagi hikmatli o‘gitlar, maqol va masallar mazmuni bilan tanishtiriladi.

O‘quvchilarga mamlakatimizda mehnat shon-shuhrat ishiga aylangani, mehnat tufayli to‘q-farovon yashash mumkinligi , bolalarning kattalarga yordami, ular oldida dastyorlik vazifasini bajarishlari, orasta va saranjom, sarishta bo‘lishlari, oila iqtisodi, tejamli bo‘lishi haqida tushunchalar beriladi.

4.Оltin kuz - hosiling yuz ( 9 soat )

Kuz tabiatiga doir asarlar. Kuzda insonlar mehnati , ularning tabiatga munosabatlari. Bolalar kuz faslining o‘ziga xos manzarasini, to‘kin-sochinlikning ota-onalari va kattalar mehnati evaziga bunyod bo‘lganini tushunishlari va his qilishlari kerak. Kuz kelishi bilan odamlar kayfiyatidagi xursandchilik va mamnunlik hissi boshqa fasllardagi kechinmalardan farq qilishini albatta bilishlari kerak. Chunki dehqonlarning kuz fasli bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy kechinmalari ularning bu yilgi mehnat natijalariga bog‘liqdir. Tabiatga sayr va sayohat. Kuz mavzusida insho yozish. Keyingi darslardagi kuz mavzulari bilan bog‘liq turli asarlar bilan tanishish orqali o‘quvchilarning kuz faslidagi o‘zgarishlar, kuz manzarasi, yig‘im-terim bilan bog‘liq bo‘lgan manzaralar, kattalar mehnati va u yerda bolalarning ishtiroki haqidagi taassurotlari yanada boyib boradi.



5.Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi (20 soat)

Odob – axloqqa doir fazilatlarni shakllantira borish, ot-bobolarimizning durdona fikrlarini yod olish, ularga amal qilish, ibratli voqea – hodisalar ifodalangan matnlarni o‘qish, ulardagi ma’nolarni tahlil qilish, misollar aytish. O‘quvchilarda milliy an‘analarga mehr uyg‘otish.



6. Kumush qish - misoli oqqush (19 soat)

Qish tabiati , dala va bog‘larning qishki ko‘rinishi, o‘quvchilarning qishki ta’tili kunlari, qishki o‘yinlar. Qorbobo, qorqiz-bolalar mehmoni. Qishda tabiatga sayr va sayohat.



7. Zumrad bahor-bahri diling ochar (21 soat)

Bahor tabiati, gullar, o‘simliklarning bahorgi hayoti, kishilarning bahorgi mehnati, bolalarning o‘yinlari haqidagi asarlar va she’rlar. 8 - mart onalarimiz bayrami. Bahorda tabiatga sayr va sayohatlar. Bo‘lim materiallarini o‘qituvchi o‘quvchiga o‘rgatib borish orqali o‘zi yashayotgan shahar yoki qishloq, u yerdagi mahalliy sharoit bilan bog‘liq hodisalarni, bahorning erta yoki kech kelishi sabablarini va erta bahorda o‘sib-unib chiqadigan bahor chechaklari haqida ma’lumotlar berishni diqqat markazida tutadi. O‘quvchilar bu asarlarni o‘qish orqali go‘zal bahor fasli haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadilar.



8.Qushlar, hayvonlar - bizning do‘stimiz (5 soat)

Qushlar va hayvonlar haqidagi hikoyalar, she’rlar va ertaklar. Kishilarning jonivorlarga munosabati.Qushlar bayrami, Hayvonot bog‘i ga sayohat. Qushlar ona tabiatimizning bir bo‘lagi ekanligi ularni mumkin qadar e’zozlash, ehtiyotlash ularni asrash kerakligi uqtiriladi. She'r va hikoyalarda insonlarning eng yaqin do‘sti qushlar va ularning yashash tarzi, o‘ziga xos hayoti, ona tabiat yaratgan mo‘jiza ekanligi, odamlarning ularga munosabatlarini bilish.



9. Ertaklar – yaxshilikka yetaklar (29 soat).

Ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi, unda ezgulik kuchining – yaxshilikning doimo g`alaba qilishi bolalarni o`ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bit xil so`z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligini, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir.

Ertaklar olamiga sayohat. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib olish. Ertak qahramonlarining holatini so‘zlab berish,voqealarni rasmda ifodalash.

10. Yoz – o‘tadi soz ( 4 soat)

Yoz tabiati, pishiqchilik, o‘quvchilarni yozgi ta’til kunlaridagi dam olishlari va mehnatlari haqidagi she’rlar, matnlarni o‘qish hamda yod olish. Yoz tabiati haqida hikoya tuzish, insho yozish. Tabiatni kuzatish, sayr-sayohatga borish. Bolalarning ta'til davomida ona-tabiat bilan yaqindan tanishadigan yoz faslining o‘ziga xos xususiyatlari, kishilarning yozdagi mehnatlari tasvirlangan she’r va hikoyalarni o‘qish.



11.Tabiatni asrang, avaylang ( 7 soat)

Bolalarni tabiatga yaqinlashtirish maqsadida u haqidagi ajdodlarimizning nasihatlari, shoir va yozuvchilarning asarlaridan namunalar, matn mazmuniga mos rasmlar beriladi. Darslikda berilgan asarlar o‘quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.

Atrofimizdagi olam darsi bilan bevosita bog‘lanib, mujassamlashgan savol berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Oqish ko‘nikmasi. O‘quv yilining birinchi yarmida: ongli, to‘g‘ri butunligicha sidirg‘a o‘qish; o‘quv yilining ikkinchi yarmi: so‘zlarni yaxlit (ayrim ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni bo‘g‘inlab) to‘g‘ri tushunib va ifodali o‘qish; o‘qish vaqtida vergul va gap oxiridagi tinish belgilariga mos to‘xtam (pauza) hamda ohangga rioya qilish; matnlarni to‘g‘ri, me’yorida, ravon, ongli, o‘qish.

Matn ustida ishlash. Og‘zaki bog‘lanishli nutq . Matn mazmuni asosida tuzilgan savollarga javob berish. O‘qilganlarga o‘z munosabatini bildirish. O‘qituvchi savoli yoki darslikda berilgan rasm asosida matn masmunini qayta hikoyalash . O‘qituvchi yordamida matnni qismlarga bo‘lish, ularga sarlavha tanlash , matnnig asosiy mazmunini aniqlash; matnda qatnashuvchi shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi so‘z va iboralarni tahlil qilish hamda shu so‘zlar ishtirokida og‘zaki hikoya tuzish.

Ertak, she‘r, hikoyalarni janriy xususiyatlariga ko‘ra farqlay olish. Darslik mundarijasi bilan ishlay olish.



Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

O‘qish materiallari. 8-30 bet hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar. O‘quvchi ovozsiz mustaqil o‘qish va tanlab ovoz chiqarib o‘qish uchun 1-5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar.

O‘qish mavzulari. Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.

Kitobning muqovasi (tituli), betlarini farqlay olish.

Kitobning nomi, muallifi va rasmlari asosida mazmunini aniqlay olish. Kim yoki nima haqida o‘qidingiz? savoliga javob berish; mazmunini aniqlash. Qahramonlarning xatti-harakatini, xulqini va ular boshdan kechirgan voqea-hodisalarni mustaqil baholay olish.

III SINF


Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish

(238 soat, haftasiga 7 soat)

O‘qish mavzulari:



1.Ona bitta, Vatan yagona (22 soat)

Bu bo‘limda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so‘ngi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida tushuncha beriladi. Har bir kishi o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona - Vatanini sevishi, ona tilini qadrlashi, ozod mamlakatning chin farzandi bo‘lishi, yurt faravonligi, xalq hayoti va mehnati, fidoiy zamondoshlarimiz haqidagi badiiy asarlar berilgan. Bolalarning mard, jasur, haqsevar, elparvar, vatan uchun qayg‘uradigan insonlar haqidagi tushunchalari boyiydi. O‘zbekiston xalqi va bu xalqning mehnatda topgan yutuqlari, qalbi pok kishilarning mehnat faoliyatlari bilan yaqindan tanishib boradi.



2. Xalq og‘zaki ijodi (17 soat)

Bu bo‘limda xalq og‘zaki ijodiga oid qo‘shiq, ertak, masal, maqol, latifa, topishmoqlar, kiritilgan. Ular orqali o‘quvchilarga xalqning orzu – umidlari, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, fazilatining ulug‘lanishi, salbiy xislatlarining qoralanishi uqtiriladi. Ertaklarning o`tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyatlar bolalarni mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar kabi harakat qilishga undaydi.



3. Kuz manzarasi va mehnat (23 soat)

Mazkur bo‘limda yurtimizning o‘ziga xos kuzgi tabiat manzarasi, kishilar mehnati, mehnat tufayli shahar-qishloqlarning obod bo‘lishi, mehnat zavqi, milliy urf-odatlarimiz, hikoya, she’r, rivoyat lar aks ettirilgan.

Bu bo‘limidagi materiallarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash maqsadida mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda dalalar, bog‘-rog‘larga sayohat uyushtirish, kuz faslining ob-havosi va shu paytda kattalarning qiladigan mehnatlarini kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Kuz faslida yig‘ib olinadigan paxta, sholi va poliz ekinlari-yu, bog‘-rog‘lardagi mevalarning barchasi dehqonlarning peshona teri bilan yetishtirilgan hosil ekanligini o‘quvchilarga tushuntirib o‘tish lozim.

4. O‘tmishni o‘rganish – burchimiz (14 soat)

Bo‘limda ona – Vatanimizning buyuk o‘tmishi, ajdodlarimizning Vatan va xalq uchun jon fido qilganliklari haqidagi adabiy-badiiy asarlar: she’r, hikoya, ertak, va afsonalar kiritilgan.



5. Kumush qish (20 soat )

Ushbu bo‘limdan qish manzarasi, tabiati, hayvonlarning qishki hayoti, kishilar mehnati, bolalarning qishki o‘yinlari , yangi yil bayrami haqidagi adabiy – badiiy asarlar o‘rin olgan. Bo‘lim materiallari bilan tanishgan o‘quvchilar “qish” mavzusi orqali hayvonot olamiga muhabbat ruhida tarbiyalash ham ko‘zda tutilganini his qiladilar.



6. Vatan himoyachilari (9 soat )

Bo‘limga shoir va yozuvchilarning istiqlol, vatanimiz himoyachilarining vatan oldidagi o‘z burchlarini qanday o‘tayotganliklari, ona yurtga bo‘lgan tengsiz sadoqatlari. Qurolli kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tash har bir o‘g‘il bolaning yuksak yigitlik burchi ekanligi haqidagi adabiy – badiiy asarlar kiritilgan.



7. Orzular qanotida (13 soat )

Bo‘limda o‘zbek shoir va yozuvchilarining kichik yoshdagi tengqurlar hayoti, ularning qiziqishlari, orzu – umidlari, do‘stligi, odob – axloqi, kattalar va biri – biriga yordamlari , ustoz va shogird munosabatlari yoritilgan, adabiy-badiiy asarlari o‘rin olgan.



8. Ulug‘lardan o‘rganmoq – oqillik (16 soat )

Mazkur bo‘limga o‘quvchilarni o‘tmishda yashab xalqi va Vatani uchun, ma’rifat rivoji uchun xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan allomalarning bolaliklari, bolalikdagi qiziqishlari, jasoratlari, kasb – hunar, bilim egallash yo‘lidagi sa`yi- harakatlari xalqqa ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari, yurt obodonchiligidagi xizmatlari to‘g‘risidagi fikrlar kiritilgan. Bo‘lim materiallarini o‘quvchi o‘rganib borar ekan, muqaddas diyorimizda yashab, ijod qilgan ulug‘ adiblar, buyuk olimlar,ustozlarimiz haqida, ularning ilmiy faoliyatlari, bizga meros qilib qoldirgan durdona asarlari katta ma’rifiy ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. Ularning nodir asarlari Vatanga, ona yurtga sodiq, vafodor insonlarni shakllantirishda juda katta o‘rin egallashiga alohida urg‘u beriladi.



9.Keldi bahor-gulbahor (22 soat )

Bu bo‘limda bahor tabiati bu faslning go‘zalligi, kishilar mehnati, Navro‘z bayrami, bahor faslidagi bayramlar, insonlarning tabiat bilan o‘zaro munosabati, jonivorlarning hayoti haqidagi asarlar kiritilgan. Bo‘lim materiallarini o‘quvchi o‘rganib borar ekan, bahor fasli, uning go‘zalligi-yu, bor tarovati haqida, bu faslda bo‘ladigan bayramlar haqida bilimga, tushunchaga ega bo‘lib boradilar.

Bo‘limni to‘liq o‘zlashtira borib o‘quvchining tasavvur doirasi kengayadi, bilim va ko‘nikmalari oshib boradi

10. Tabiatni seving va asrang (7 soat)

Ushbu bo‘limda tabiat va uning insonlarga xizmat qilishi, o‘lkamiz tabiati, ona-yurtimiz, uning boyliklarini asrash, o‘simliklar, dov-daraxtlar, hayvonot olami va parrandalarga g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi asarlar o‘rin olgan .



11. Gozal fazilat inson husni (27 soat)

Bu bo‘limdan chidamli, mehrli g‘ayratli bo‘lish, ota - onalar mehnatini qadrlash, odob, do‘strlik, ahillik hunar egallash, tejamkorlikning foydasi haqidagi asarlar, noahillik, man- manlik hamda shoshqaloqlikning yomon oqibatlarga olib kelishi ifodalangan matnlar joy olgan.



12. 9 may - Xotira va Qadrlash kuni (5 soat)

Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 9 may -Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinganligi, ushbu qutlug‘ kunda ustozlar, qarindosh-urug‘lar, yolg‘iz qariyalar holidan xabar olish, ularga uy ishlarida ko‘maklashish, betob insonlarga beminnat yordam berish, xayru saxovatli bo‘lish haqidagi adabiy – badiiy asarlar berilgan.



13. Yoz fasli – soz fasl (9 soat)

Bu bo‘limga yoz manzarasi yozning noz-ne’matlarga boyligi, yozda dala va bog‘larda kishilar mehnat qilishi, jonivorlar, qushlar, hasharotlar hayoti, bolalarning ko‘ngilli dam olishi, yozgi o‘yinlari yoritilgan badiiy asarlar kiritgan. Bu bo‘lim materialini o‘quvchi o‘rganib borar ekan, o‘zbek dehqonining mehnatkash, zahmatkash bir inson ekanligini his qiladi, yoz faslining go‘zalligi, bu faslda o‘quvchilar miriqib dam olishlari bilan birga, mehnatkash xalqqa, ota-onalariga yaqindan yordam berganliklari haqida gapiriladi.



O‘qish ko‘ikmasi:

So‘zlarni butunicha sidirg‘a o‘qish; matn mazmunini ongli o‘lashtirish; hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashda, o‘zaro bog‘lanish, tasviriy vositalarni matnda qo‘llanishini bilish; maqol va iboralarda so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olish ; mavzuni adabiy tilde talaffuz etishga o‘egatish.



Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy-adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari muqovasi, titul varag‘I kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat hislarini uyg‘otish, ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.
IV SINF

O‘qish va nutq o‘stirish

(238 soat, haftasiga 7 soat)


O‘qish mavzulari:
1. Istiqlolim - istiqbolim (6 soat)

«Istiqlolim — istiqbolim» bo‘limiga kiritilgan asarlar ko‘proq ta’limiy arakterga ega. Ularda istiqlol sharofati bilan qo‘lga kiritilgan yangiliklar o‘z ifodasini top-



gan. Istiqlol tufayli ma’naviy qarashlarimiz, ma’naviy ongimiz yanada yuksaldi.

Insonlarda ma’naviy huquqiy tarbiyaga ehtiyoj o‘sdi. «Istiqlolim— istiqbolim» mavzusida o‘quvchilarga mustaqillik haqida, mustaqillik qaytib bergan allomalarimiz haqida bilim berилади. Asarni oqish orqali oquvchilarning nutqiga mustaqillik, erk, ozodlik, Ozbekiston boyliklari, bugdoy, paxta kabi sozlar kiradi va nutqiy osishi yuzaga keladi. Sal kam bir asr turgunlikda yashagan davlatning haqiqiy vorislariga aylanganliklari bilan faxrlanadilar.Mustaqillik qaytib bergan allomalarimiz kimlar? O‘zbekistonning haqiqiy egalari kimlar?” savollari ustida ishlash orqali o‘quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi.

Taniqli bolalar yozuvchilarining istiqlolga bag‘ishlangan asarlari, ularda xalqimiz hayoti va Vatanimiz taraqqiyotidagi jahonshumul ahamiyati aks ettirilgan asarlar tahlili. «Istiqlol farzandimiz» mavzuida ijodiy suhbat.

1. O‘zbekiston - vatanim manim (12 soat)

Bu bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarning Vatan haqidagi oldingi sinflarda olgan bilim va tushunchalariga asoslangan holda bilim beriladi. O‘quvchilar O‘rta Osiyo respublikalari va O‘zbekistonning barcha viloyat, tumanlarini, u yerdagi kishilarning yashash sharoitlari va turmush tarzini televizor orqali, kitoblar orqali bilib oladilar, undan tashqari o‘zi yashab turgan shahar yoki

qishloqdan tashqariga sayohatlarga chiqish orqali boshqa millat bolalari bilan do‘stalshgan bo‘lishlari mumkin. O‘quvchilar O‘zbekistonning turli shahar va qishloqlarida bo‘lib, u yerdagi go‘zal tabiat manzaralarini tomosha qilganlar.

“O‘zbekiston — Vatanim manim” degan mavzudagi ilk darslardayoq o‘qituvchi o‘quvchilar onggi va shuuriga Vatanning bir siqim tuprog‘idan tortib, katta-katta boyliklarigacha barcha-barchasi aziz va muqaddas ekanligi haqida bilim berishni maqsad qilib oladi.

O‘zbekiston va uning viloyatlari, shahar va qishloqlarida yashovchi har bir kishi uchun Vatanning muqaddasligi, yurt obodligi, farovonligi xalqning kuch-qudrati, saxovatpeshaligi tufayli yuzaga kelgan to‘kin-sochinlik to‘g‘risida tushuncha berishga mo‘ljallangan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritilgan. Vatanning yagonaligi va unga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi yuzasidan suhbat.

3. Oltin kuz (9 soat)

Bu bo‘limdagi materiallarda o‘quvchilarning atrof-muhit, yer, suv, tabiat haqidagi bilim va tushunchalarini kengaytirib, ularga kuz faslining go‘zal manzarasini to‘laligicha yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘qituvchi bu bo‘limdagi materiallar bilan tanishtirish jarayonida oldingi sinflarda o‘rganilgan materiallarning mazmuniga va o‘quvchilarning shaxsiy tajribalariga tayanadi.

O‘quvchilar kuz kelishi bilan tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatishlari, bu o‘zgarishlarning sabablarini tushunishlari muhimdir. Birinchi darsda o‘rganiladigan “Kuzning ziynati” hikoyasining o‘zidayoq bu fasl boshqa fasllardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qilishini o‘quvchi bilib oladi. Oltin fasl sifatida e’zozlanadigan kuzning inson va tabiat hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida hikoya qilingan asarlar. Tabiat quchog‘iga sayohat. «O‘lkamiz (qishlog‘imiz, shahrimiz) tabiati» mavzusida ijodiy insho.

4. Ma'naviyat — qalb quyoshi (15 soat)

Inson manaviyatini yuksaltirishga, ayniqsa, bolalarning ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan, axloq-odob m’ezonlari xususida bahs yuritilgan asarlar, ularda axloq-odob, go‘zal insoniy fazilatlar to‘g‘risida muayyan tasavvur-tushuncha berish.



5. Xalq og‘zaki ijodi (12 soat)

Xalq og‘zaki ijodi janriga mansub bo‘lgan ertaklar xalqimizning asrlar mobaynida orttirgan boy hayotiy tajribasi, kuzatishlari, xulosalari asosida yaratilgan bo‘lib, insonni ma’naviy barkamollik, axloqiy poklik, hushyorlik, ziyraklik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan, sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr- jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlar kiritilgan.



6. Ertaklar olamida (22 soat)

Insondagi fazilat va kamchiliklar ba’zi ertaklarda hayotdagi real qahramonlar orqali ko‘rsatilsa, ayrim ertaklarda hayvonlar, parranda-yu darrandalar misolida yoritiladi. Ertaklardagi sirli, sehrli voqealar tasviri o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lib, asarning mazmun-mohiyatining o‘zlashtirilishlariga imkon yaratadi.



7. Vatanimiz o‘tmishidan (12 soat)

Hikoya, rivoyat, she’r va hikmatlarda Vatanimiz tarixi, uning muqaddasligi, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz hayoti, xalqimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l to‘g‘risida hikoya qilingan. Bo‘lim materiallarini o‘qituvchi o‘quvchiga o‘rgatib borish orqali o‘zi yashayotgan viloyat, shahar yoki qishlog‘ida yashab o‘tgan allomalar, buyuk shaxslar haqidagi kerakli ma’lumotlar berish lozimligini ham nazarda tutadi. Bo‘limda berilgan asarlarda Vatanga sadoqat, do‘stga sodiqlik, mehr-oqibat kabi go‘zal insoniy fazilatlar tarannum etilganiga diqqatni qaratishi ko‘zda tutilgan. Bo‘limda berilgan qator tarixiy voqealar va shaxslar haqidagi asarlar o‘quvchilar uchun ibrat va namuna vazifasini o‘taydi.



8. Kumush qish (9 soat)

“Kumush qish” bo‘limidagi asarlarni o‘qib o‘rganish orqali qish faslining go‘zal ko‘rinishi, go‘zallikka muhabbat, oppoq qorning beg‘uborligini bolalar qalbida saqlab qolish ko‘zda tutiladi. O‘qituvchi qish manzarasiga oid rasm, she’r va ertaklarni topib, bo‘lim materiallarini yanada to‘ldirishi mumkin.

Qish faslida tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, qish zavqi tufayli tug‘iladigan totli tuyg'ular ifodalangan she’r va hikoyalar kiritilgan. «Bizning qish» mavzusida bayon.

9. Nima yaxshiyu, nima yomon? (35 soat)

Bu bo‘limdagi asarlarni o‘qib o‘rganish orqali bolalardagi salbiy illatlar bartaraf etiladi, ezgulik urug‘ini sepish ko‘zda tutiladi. Asar qahramonlari fe’l-atvoridagi ijobiy fazilatlarni o‘quvchilar shaxsida tarkib toptirishga harakat qilinadi. Bo‘limning “Odobli bo‘lish osonmi?” (Anvar Obidjon) asari bilan boshlanishining o‘ziyoq bo‘lim oldida turgan vazifaning nechog‘li muhim ekanini anglashga qaratilgan. Bo‘lim materiallari bilan tanishgan o‘quvchilar oila a’zolari, begona kishilar, tengdoshlari va kattalar bilan qanday munosabatda bo‘lishni, hayvonot olamiga g‘amxo‘rlikni o‘rganadilar. Bolalarning nutqi o‘yinlar, yangi so‘z va iboralar yordamida boyiydi.

Badiiy -adabiy asarlarda insondagi yaxshi va yomon xulqlar, ularning oqibati, odamlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, halollik, poklik, to‘g‘riso‘zlik, samimiyat to‘g‘risida, ularda ma’naviy kamolot inson xulq-atvorida aks etishi, uning obro‘-e'tiborini oshirishi ezgu ishlarga yo‘naltirish, badiiy asarlarni o‘qish.

10. Hayvonot olamida (13 soat)

Bu bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarning hayvonot olami haqidagi avvalgi sinflarda olgan bilim va tushunchalariga asoslanib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Bolalar respublikamiz va qo‘shni respublikalar hayvonot olami

haqida bir qator tasavvurlarga rasmli kitoblar ko‘rish, kinofilmlar tomosha qilish orqali ega bo‘lganlar. Bundan tashqari, o‘zlari yashab turgan shahar yoki qishloqlardagi uy hayvonlari bilan ham yaqindan tanishlar. “Hayvonot olamida” mavzusidagi dastlabki darslardayoq o‘qituvchi o‘quvchilar ongiga O‘zbekistonda yashaydigan hayvonlarning turlari, bir-biridan farqi, ularning inson hayoti uchun zarur ekanligi haqida ma’lumot berishni maqsad qilib oladi.

Bo‘lim materiallarini o‘quvchi o‘rganib borar ekan, hayvonot olami, jumladan, uy hayvonlari inson hayotida muhim o‘rin tutajagini his qiladilar. Bo‘limdagi barcha materiallarni o‘quvchi to‘liq o‘zlashtira borgan sari uning tasavvuri kengayib, hayvonot olami haqidagi bilim va tushunchalari boyib boradi.



11. Zumrad bahor (12 soat)

Bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarning oldingi sinflarda olgan bilim va tushunchalariga asoslanib, yangi ma’lumot beriladi. Bolalar serquyosh O‘zbekistonning fasllari orasida fasllar kelinchagi “Bahor” haqida ko‘plab taassurotlarga egalar. Ular bu taassurotlarni, albatta, televizor va radio, gazeta-jurnallar orqali va o‘zi yashayotgan zaminda har yili olam-olam gul-u bo‘ston bo‘lib, hamma yoqni ko‘m-ko‘k maysazor-u, bog‘-rog‘larni gul-u gulzorga

aylantiradigan bahor faslini ko‘rish, undan zavq olish orqali ham yaqindan biladilar. Zumrad bahor haqidagi ilk mavzuning o‘zidayoq o‘qituvchi o‘quvchilarga O‘zbekiston fasllari, jumladan, go‘zal bahor haqida qo‘shimcha bilim va tushunchalar berishni maqsad qilib qo‘yadi.

Fasllarning kelinchagi, yashash-yasharish fasli bo‘lgan bahor tabiati, uning kishilar hayotida tutgan o‘rni, dillarga beradigan zavq-shavqi to‘g‘risidagi she'r va hikoyalar, «Assalom, Navro‘z!» mavzusida ijodiy insho.



12.Yashasin tinchlik, bor bo‘lsin do‘stlik (11 soat)

Bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarning tinchlik va do‘stlik haqidagi oldingi sinflarda olgan bilimlari va tushunchalariga asoslanib yangi bilimlar beriladi. O‘zbekiston istiqlolga erishgach, dadil islohotlar va rivojlanish yo‘lidan borayotganligini, unda turli millatlar totuv va tinch hayot kechirayotganligini o‘quvchilar maktabda uzluksiz ta’lim jarayonida o‘qib-o‘rganib, eshitib bilib oladi-

lar. Bo‘limning ilk darsidayoq o‘quvchilar tinchlik va do‘stlik haqida mukammal tasavvurga ega bo‘ladilar.

Bo‘lim materiallarini o‘qituvchi o‘quvchiga o‘rgatib boorish orqali, o‘zi oilasi, sinfdoshlari va birga o‘ynaydigan o‘rtoqlari bilan yaqindan do‘st bo‘lish va shu do‘stlikni qadrlash kabi ma’lumotlarni berishni ko‘zda tutadi. Hikoya va she’riy asarlarda insonning baxt-saodati, farovon turmush kechirishi faqat Vatanning kuch-qudrati, ona zamin saxovatiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, ayni paytda xalqlar o‘rtasida tinchlik-totuvlik, do‘stlik rishtalari haqida so‘z yuritish.



13. Ajdodlarimiz - faxrimiz (14 soat)

Bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarni ulug‘ bobolarimizning hayoti va ijodi, ilmiy faoliyatlari haqida oldingi sinflarda olgan bilim va tushunchalariga asoslanib, yangi bilim va ma’lumotlar beriladi. o‘quvchilar butun yil davomidagi o‘qish jarayonida bobokalonlarimiz qoldirib ketgan bolalarning yoshiga mos asarlar bilan yaqindan tanishganligi nazarda tutiladi. “Ajdodlarimiz — faxrimiz” mavzusida o‘qituvchi ilk darsini boshlashdanoq o‘quvchilar ongiga, ruhiga ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning ziyo tarqatish, itm ulashish yo‘lidagi sa’y-harakat-

lari qanchalik mashaqqatli, ammo sharafli bo‘lganligini singdirishni asosiy maqsad qilib oladi.

Badiiy-adabiy asarlarda xalqimiz va Vatanimiz shon-shuhratini asrlar osha butun jahonga taratib kelayotgan benazir ajdodiarimizning o‘z e’tiqodlari yo‘lidagi fidoyiliklari, ularda umuminsoniy va milliy g‘urur to‘g‘risida, To‘maris, Najmiddin Kubro, Beruniy va boshqa vatandoshlarimizning vatan daxlsizligi hamda ilm-ma'rifat yo‘lidagi kurashlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish.



14.Jahon bolaiar adabiyoti (14 soat)

Bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarning jahon bolalar adabiyoti durdonalari haqidagi oldingi sinflarda olgan bilim va tushunchalariga asoslanib, yangi bilimlar beriladi. O‘rta Osiyo Respublikalari bolalari hayoti hamda xorijiy davlatlar va xalqlari bolalarining hayoti, ijodi, u yerdagi kishilarning yashash sharoitlari va turmush tarzini bolalar kitoblar o‘qish orqali, kinofilmlar, videofilmlar ko‘rish orqali bilib olgan bo‘lishlari mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar ongiga jahon bolalarining hayotlari va hayotda bo‘ladigan voqea-hodisalarni “Jahon bolalar adabiyoti” bo‘limida berilgan asarlar orqali yetkazishni maqsad qilib qo‘yadi.

Jahon bolalar adabiyotining G. Andersen, J.Svift, aka-uka Grimmlar, Ch. Aytmatov singari namoyondalarining sehrli sarguzashtlarga boy, dunyodagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan asarlari va ularda bolalarga xos xususiyatlarning aks etishi.

15. Yoz — o‘tadi soz (9 soat)

Bu bo‘lim materiallarini o‘rganishda o‘quvchilarning yoz haqida, bu fasldagi taassurotlar haqidagi olgan bilim va tushunchalariga asoslanib, yangi bilimlar beriladi. Serquyosh O‘zbekiston yozining naqadar go‘zalligi, xilma-xil mevalarining g‘arq pishgan pallasi, bu mevalarni yetishtirgan kishilarning mehnat faoliyatlarini sayrlar, sayohatlar va yozgi ta’til vaqtlarida bilib olganlar.



O‘qish ko‘nikmasi:

Adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qilgan hoida ongli, to‘g‘ri o‘qish; sinfda o‘qilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o‘qish; o‘sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag‘ishlanganini aniqlash; unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish; qahramonlarning fe'l-atvori, xatti-harakatlariga qarab ovoz ohangini o‘zgartirish; matndagi urg‘u tushadigan so‘zlarni aniqlash; to‘xtam qilinadigan o‘rinlarini ajratish; o‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.


Matn ustida ishlash


Asarda voqealarning bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda asta-sekin rivojlanib borishini, matn qismlarining mazmunan bog‘liqligini mustaqil belgilay olish, asar tahlilida matndan misollar tanlay olish, asar qahramonlarining xatti-harakatlarini baholash, ularga o‘z munosabatini bildirish. Murakkab bo‘lmagan asardan asosiy fikr (g‘oya)ni ajrata olish. O‘qishga bog‘liq holda nutq ko‘nikmalarining shakllanishini ta’minlash.

Badiiy matndagi so‘z ma’nolarini farqlash. Tanlab o‘qish, matndan asar qahramonlari, tabiat manzarasini ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni topa olish. Nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoya qilish. Ijodiy hikoyalar tuzish va ularga mos sarlavha topib qo‘yish. O‘qigan asarlari muallifi va nomlarini ayta olish. Badiiy asarlarni bir-biri bilan taqqoslash, muayyan xulosalar chiqarish. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, mundarijadan foydalanish. Rasmlar asosida og‘zaki va yozma hikoyalar tuzish. Matn ustida ishlashga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish matn tag zaminida tarbiyaviy g‘oya uni tushunish. Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob berishi, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholash.

Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. Matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni raja qismi sifatida shakllantirish.

Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik ma’daniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondoshish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy- adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari ham muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.






Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə